QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят16

وَلَقَدْ جَعَلْنَا فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًا وَزَيَّنَّـٰهَا لِلنَّـٰظِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz osmonlarda burjlar qilib qo`ydik va uni nazar soluvchilar uchun ziynatlab qo`ydik.Батаҳқиқ, Биз осмонларда буржлар қилиб қўйдик ва уни назар солувчилар учун зийнатлаб қўйдик.Alauddin Mansour: Maʼlumki, Biz osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qoʻydik.Маълумки, Биз осмонда буржлар яратдик ва кузатувчилар учун уни (юлдузлар билан) безаб қўйдик.

263-sahifa · 14-juz · 27-hizb263-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқجَعَلْنَاqilib qoʻydikқилиб қўйдикفِى-da-даٱلسَّمَآءِosmonlardaосмонлардаبُرُوجًۭاburjlarбуржларوَزَيَّنَّـٰهَاva uni ziynatlab qoʻydikва уни зийнатлаб қўйдикلِلنَّـٰظِرِينَnazar soluvchilar uchunназар солувчилар учун
TafsirТафсир

Osmon hammaning koʻz oʻngida turibdi. Lekin hamma ham osmonni Allohning qudratiga dalolat qiluvchi buyuk moʻʼjiza deb tushunavermaydi. Aslida, u moʻʼjizadir. Xoʻsh, shunday ulkan, bepoyon, cheksiz osmonni kim yaratgan? Yaratganda ham, yulduzlar yuradigan yoʻllar–burjlar bilan kim yaratgan? Albatta, Alloh yaratgan. Oʻsha Allohni inkor qilayotgan, moʻʼjizalarni oʻzlari yaratayotganini daʼvo qilayotgan insonlar hammasi toʻplanib osmonning tirnoqcha joyini yarata oladilarmi? Yoki oʻsha choʻqqisiga chiqqan ilmlari ila, «Osmonni oʻrganib boʻldik», deya oladilarmi? Osmondagi burjlardan birortasini qura oladilarmi? Yulduzlarni-chi? Bularning oʻzi aqli bor odam uchun moʻʼjiza emasmi? Shularga nazar solib turib, Allohni tanib olsa boʻlmaydimi?