QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят23

وَإِنَّا لَنَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَنَحْنُ ٱلْوَٰرِثُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz o`zimiz tiriltirurmiz va Biz merosxo`rmiz.Албатта, Биз ўзимиз тирилтирурмиз ва Биз меросхўрмиз.Alauddin Mansour: Albatta, Biz oʻzimiz (barcha jonzotga) hayot berurmiz va oʻlim berurmiz. Biz vorisdirmiz (yaʼni, barcha oʻtgandan keyin yolgʻiz Oʻzimiz qolurmiz).Албатта, Биз ўзимиз (барча жонзотга) ҳаёт берурмиз ва ўлим берурмиз. Биз ворисдирмиз (яъни, барча ўтгандан кейин ёлғиз Ўзимиз қолурмиз).

263-sahifa · 14-juz · 27-hizb263-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّاva albatta, Bizва албатта, БизلَنَحْنُOʻzimizЎзимизنُحْىِۦtiriltirurmizтирилтирурмизوَنُمِيتُva oʻldirurmizва ўлдирурмизوَنَحْنُva Bizва Бизٱلْوَٰرِثُونَmerosxoʻrlarmizмеросхўрлармиз
TafsirТафсир

Yaʼni, hayot ham, oʻlim ham Alloh taoloning qoʻlidadir. Hammadan keyin bu dunyoda qoluvchi zot ham, yaʼni, merosxoʻr ham Allohning Oʻzidir.

Hayot va oʻlim haqida insof ila tafakkur yuritish bu ikki narsa ham ulkan moʻʼjiza ekanini tushunib yetishga olib keladi. Inson hozirgacha biror narsaga hayot yoki oʻlim berish u yoqda tursin, hayot va oʻlim degan hodisalarning haqiqiy mohiyatini ham tushuna olgani yoʻq. Bu ojizlik esa, aqli bor insonni hamma narsaga qudrati yetuvchi Allohga iymon keltirishga chorlamogʻi lozim.