QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят22

وَأَرْسَلْنَا ٱلرِّيَـٰحَ لَوَٰقِحَ فَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَسْقَيْنَـٰكُمُوهُ وَمَآ أَنتُمْ لَهُۥ بِخَـٰزِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni to`plab oluvchi emassiz.Биз шамолларни урчитувчилар этиб юбордик. Бас, осмондан сув тушириб, у ила сизларни сероб қилдик. Сизлар уни тўплаб олувчи эмассиз.Alauddin Mansour: Biz shamollarni (bulutlarga) homilador boʻlgan hollarida yubordik, osmondan suv (yomgʻir) yogʻdirib, sizlarni u bilan sugʻordik. Sizlar uni toʻplab olguvchi emassiz (balki Biz daryo va koʻllar yaratib, u suvni sizlar uchun toʻplab berurmiz).Биз шамолларни (булутларга) ҳомиладор бўлган ҳолларида юбордик, осмондан сув (ёмғир) ёғдириб, сизларни у билан суғордик. Сизлар уни тўплаб олгувчи эмассиз (балки Биз дарё ва кўллар яратиб, у сувни сизлар учун тўплаб берурмиз).

263-sahifa · 14-juz · 27-hizb263-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَرْسَلْنَاva yubordikва юбордикٱلرِّيَـٰحَshamollarniшамолларниلَوَٰقِحَurchituvchilar etibурчитувчилар этибفَأَنزَلْنَاbas, tushurdikбас, тушурдикمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонمَآءًۭsuvсувفَأَسْقَيْنَـٰكُمُوهُbas, u ila sizlarni serob qildikбас, у ила сизларни сероб қилдикوَمَآva emassizва эмассизأَنتُمْsizlarсизларلَهُۥuniуниبِخَـٰزِنِينَtoʻplab oluvchiтўплаб олувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz shamollarni oʻlchov bilan bulutlarni urchituvchi, bir- biriga qoʻshib suv hosil qiluvchi etib yubordik. Yomgʻirning yogʻishiga asosan shamollar sabab boʻladi. Ular maʼlum qoidalarga koʻra esadi. Paydo boʻlgan bulutlarning bir-birlari ila qoʻshilishlaridan suv hosil boʻladi. Ana shundan keyin osmondan suv tushadi, yomgʻir yogʻadi. Alloh taolo u suv bilan yer yuzini, odamlarni serob qiladi. Deyarli hamma rizq osmondan tushgan shu suvga bogʻliq boʻladi. Inson esa, Alloh unga osmondan tayyor holda tushirib bergan suvni toʻplab olishga ham qodir emas. Uni toʻplashni ham buloq, quduq, anhor, yer osti koʻllari va boshqa vositalar orqali Alloh taoloning Oʻzi amalga oshiradi.