وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا عِندَنَا خَزَآئِنُهُۥ وَمَا نُنَزِّلُهُۥٓ إِلَّا بِقَدَرٍ مَّعْلُومٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hech bir narsa yo`qki, uning xazinalari Bizning huzurimizda bo`lmasa. Biz uni faqat ma'lum miqdor-la nozil qilurmiz.Ҳеч бир нарса йўқки, унинг хазиналари Бизнинг ҳузуримизда бўлмаса. Биз уни фақат маълум миқдор-ла нозил қилурмиз.Alauddin Mansour: (Sizlarning rizqu roʻzingiz boʻlmish) har bir narsaning xazinalari — manbalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni aniq oʻlchov bilan (sizlarga) tushirurmiz.(Сизларнинг ризқу рўзингиз бўлмиш) ҳар бир нарсанинг хазиналари — манбалари Бизнинг даргоҳимиздадир. Биз у нарсаларни аниқ ўлчов билан (сизларга) туширурмиз.
Dunyoda Allohdan oʻzga biror qodir va molik zot yoʻq. Har bir narsaning xazinalari, manbalari, asllari Allohning huzuridadir. Dunyoda hech bir narsa oʻlchovsiz, betartib emas. Hamma narsaning oʻlchovi bor. Bu haqiqatni, ayniqsa, tabiiy ilmlardan xabardor kishilar yaxshi bilishadi. Dunyodagi har bir narsa, har bir modda maʼlum miqdorga ega, oʻsha maʼlum miqdordan ozayib yoki koʻpayib qolsa, muvozanat buziladi. Hamma narsa ostin-ustin boʻlib ketadi. Alloh bergan rizqlarga ham futur yetadi.
Oʻsha maʼlum miqdorli narsalardan biri kelasi oyatda zikr qilinadi: