وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَـٰيِشَ وَمَن لَّسْتُمْ لَهُۥ بِرَٰزِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va unda sizlar uchun maosh vositalarini va siz rizqini bera olmaydigan kimsalarni qilib qo`ydik.Ва унда сизлар учун маош воситаларини ва сиз ризқини бера олмайдиган кимсаларни қилиб қўйдик.Alauddin Mansour: Va unda (yaʼni, Yerda) sizlar uchun ham sizlar rizqlantira olmaydigan (balki faqat Biz rizq beradigan sizlarning qoʻl ostingizdagi) kishilar uchun ham tirikchilik — rizqu nasibalarni yaratib qoʻydik.Ва унда (яъни, Ерда) сизлар учун ҳам сизлар ризқлантира олмайдиган (балки фақат Биз ризқ берадиган сизларнинг қўл остингиздаги) кишилар учун ҳам тирикчилик — ризқу насибаларни яратиб қўйдик.
Yaʼni, yer yuzida siz uchun turli rizqlarni yaratib qoʻydik. Ular juda ham koʻp. Shuningdek, sizga u yerda ayol, farzandlar, xizmatkorlar va boshqalarni ham berdik. Garchi ular oʻzingizga xos boʻlsa-da, siz ularga rizq bera olmaysiz. Balki, ularning rizqini ham Oʻzimiz beramiz.
Oʻzini bilgan kishi, aqlini ishga solgan odam uchun ushbu oyatda zikr etilgan narsalarda ham Allohning qudratiga, uning yagonaligiga dalolat qiluvchi ulkan ishoratlar bor.
Dunyoda nima koʻp, insonga rizq boʻladigan narsa koʻp. Inson bu dunyoda oʻsha rizqlar bilan tirik. Oʻsha rizqlar bilan yashaydi, huzur- halovat koʻradi. Lekin hamma inson birlashib, bor imkoniyatini ishga solganlarida ham, oʻsha rizqlardan zarrachasini yarata bilmaydilar. Yoki boshqa bir yaratuvchini topa olmaydilar. Hatto, inson oʻziga tobe boʻlgan kishilar – ayoli, farzandlari va xodimlariga ham rizq berolmaydi. Birgina qiladigan ishi–Alloh bergan rizqni topishi, xolos. Rizqning barchasi, aslida, Allohning tasarrufida.