QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят19

وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَـٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ شَىْءٍ مَّوْزُونٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz yerni yoyib, ustiga baland tog`larni tashlab qo`ydik va unda o`lchangan turli narsalarni o`stirib qo`ydik.Биз ерни ёйиб, устига баланд тоғларни ташлаб қўйдик ва унда ўлчанган турли нарсаларни ўстириб қўйдик.Alauddin Mansour: Yerni esa yoyiq — keng qildik va unda togʻlarni oʻrnatib qoʻydik hamda unda (har yerning oʻziga) moslangan turli-tuman narsalarni (oʻsimlik, mevalarni) undirib-oʻstirdik.Ерни эса ёйиқ — кенг қилдик ва унда тоғларни ўрнатиб қўйдик ҳамда унда (ҳар ернинг ўзига) мосланган турли-туман нарсаларни (ўсимлик, меваларни) ундириб-ўстирдик.

263-sahifa · 14-juz · 27-hizb263-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْأَرْضَva yerniва ерниمَدَدْنَـٰهَاuni yoydikуни ёйдикوَأَلْقَيْنَاva tashlab qoʻydikва ташлаб қўйдикفِيهَاuning ustigaунинг устигаرَوَٰسِىَbaland togʻlarniбаланд тоғларниوَأَنۢبَتْنَاva oʻstirib qoʻydikва ўстириб қўйдикفِيهَاundaундаمِن-dan-данكُلِّharҳарشَىْءٍۢnarsaнарсаمَّوْزُونٍۢoʻlchanganўлчанган
TafsirТафсир

Yer ham hammaning koʻz oʻngida, oyoq ostida turibdi. Lekin hamma ham yerni Allohning qudratiga dalolat qiluvchi buyuk moʻʼjiza deb tushunavermaydi. Aslida esa, Yerning oʻzi ulkan moʻʼjizadir. Yerdagi hozirgi shaklni, ulkanlik va turli xususiyatlarni kim yaratgan? Uni yurib borayotgan odam qarshisida xuddi yoyilgan gilamdek toʻshab qoʻygan kim? Uning ustiga baland, ulkan togʻlarni «tashlab» qoʻygan kim? Javob bitta: Alloh!

Oʻsha, Allohni inkor etayotgan, ilm choʻqqisiga chiqqanliginiyu moʻʼjizalar yaratayotganini daʼvo qilayotgan insonlar hammasi toʻplanib turib mazkur narsalardan tirnoqchasini ham yarata oladilarmi? Yoki yer va undagi barcha narsalarni oʻrganib boʻldik, deya oladilarmi? Mazkur oyatning oʻzi aqli bor odam uchun ulkan moʻʼjiza emasmi? Uni oʻqib, tafakkur qilib, Allohni tanib olsalar boʻlmaydimi?