إِلَّا مَنِ ٱسْتَرَقَ ٱلسَّمْعَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar birortasi o`g`rilikcha quloq ossa, ravshan olov uning ortidan tushar.Магар бирортаси ўғриликча қулоқ осса, равшан олов унинг ортидан тушар.Alauddin Mansour: Magar (u jinlardan) birontasi (osmondagi maloikalarning biron soʻzini) oʻgʻrincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) yulduz quvib yetar (yaʼni, halok etar).Магар (у жинлардан) биронтаси (осмондаги малоикаларнинг бирон сўзини) ўғринча эшитиб олса, бас, уни очиқ (учар) юлдуз қувиб етар (яъни, ҳалок этар).
Yaʼni, agar birorta shayton bu dunyo osmoniga yaqinlashib, u yerdagi gaplarni oʻgʻrilikcha eshitib olmoqchi boʻlsa, ravshan bir olov ortidan tushib quvadi; oʻgʻrilikcha eshitishga yoʻl qoʻymaydi. Bu haqda «Jin» surasi tafsirida batafsil gapirilgan.
Bu oyatdagi eʼtiborli narsa esa, shu ish ham Allohning qudrati ulugʻligiga dalolat ekanligidir. Cheksiz osmonga shayton, jinlarning bittasini ham yaqinlashtirmay qoʻrish, darhaqiqat, ulkan moʻʼjiza. Buni anglab yetgan odam, darhol iymonga kelmay iloji yoʻq.