وَإِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَحْشُرُهُمْ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sening Robbing O`zi ularni mahsharga jamlar. Albatta, U hikmatli va ilmli Zotdir.Албатта, сенинг Роббинг Ўзи уларни маҳшарга жамлар. Албатта, У ҳикматли ва илмли Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Parvardigoringizning Oʻzi (Qiyomat Kuni) ularni (yaʼni, avvalu oxir oʻtgan insonlarni) toʻplar. Albatta, U hikmat va bilim Sohibidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), албатта Парвардигорингизнинг Ўзи (Қиёмат Куни) уларни (яъни, аввалу охир ўтган инсонларни) тўплар. Албатта, У ҳикмат ва билим Соҳибидир.
Mazkur ishlarga qodir boʻlgan Alloh taolo, albatta, barcha odamlarni qiyomat kuni hisob-kitob uchun mahsharga jamlashga ham qodir. U hikmatli Zotdir, hamma narsani, jumladan, bandalarning holini ham bilib turadi.
Oʻlim, hisob-kitob, mahsharga toʻplash zikr etilgan oyatlardan soʻng, odamning asli nimadanligi, uning dunyoga kelishi, qadimdan shaytonning unga adovat qilib kelayotgani haqidagi oyatlar–Odam Atoning qissasi keladi. Oʻtgan «Baqara» va «Aʼrof» surasidan farqli oʻlaroq, bu safar Odam va shayton qissasida Odamning tuzilishi, hidoyat va zalolat siriga asosiy eʼtibor beriladi: