وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ مِن صَلْصَـٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik.Батаҳқиқ, Биз инсонни қуруқ лойдан, ўзгартирилган қора балчиқдан яратдик.Alauddin Mansour: Maʼlumki, Biz insonni (Odamning asli) qora botqoqdan (boʻlib odam surati berilgach), quritilgan loydan yaratganmiz.Маълумки, Биз инсонни (Одамнинг асли) қора ботқоқдан (бўлиб одам сурати берилгач), қуритилган лойдан яратганмиз.
Ushbu oyatda inson aslida loydan yaratilganiga dalil kelmoqda. Hozirgi zamon ilmi ham inson tanasida tuproqda mavjud barcha moddalar borligini tasdiqladi.
Bu oyatda zikr qilingan holni tafsirchi ulamolarimiz ikki xil taʼviyl etganlar:
1. Insonni Alloh taolo balchiq–loydan yasab turib, chertsa ovoz chiqaradigan darajada qattiq holga kelgandan keyin jon kirgizgan.
2. Alloh avval chertsa ovoz chiqaradigan darajadagi qattiq tuproq–loyni olib, unga suv aralashtirgan, soʻngra oʻzgaradigan loy qilib turib, undan odam yasagan.
Nima boʻlganda ham, inson loydan, Alloh taolo tomonidan yasalgandir. U aslini unutmasligi kerak.