قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Albatta, sen qo`yib qo`yilganlardansan.У зот: «Албатта, сен қўйиб қўйилганлардансан.Alauddin Mansour: (Alloh) dedi: «Bas, sen muhlat berilganlardansan.(Аллоҳ) деди: «Бас, сен муҳлат берилганлардансан.
Mana shu gapidan iblis nima uchun Allohdan uni yoʻqotib yubormay qoʻyib qoʻyishini iltijo qilayotgani tushunib olinadi. Uning maqsadi odamlar qayta tiriltiriladigan kungacha tavba qilib oʻzini oʻnglab olish emas ekan. Balki, odamlarni igʻvo qilib yoʻldan ozdirish, ularga turli gunoh va yomonliklarni ziynatlab koʻrsatish ekan. Buning sababi esa, odam tufayli zalolatga uchragani ekan. Uning gapiga eʼtibor beraylik-a:
«Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan», deyapti.
Alloh uni zalolatga ketkazgan emish. Oʻzi beayb ekan-da. Alloh uni zalolatga ketkazishiga esa, Odam sababchi boʻlgan emish. Odam yaratilmaganida, Alloh uni Odamga sajda qilishga amr qilmasdi. Amr boʻlmasa, isyon ham boʻlmasdi. Shayton va unga ergashganlarning tabiati shu. Oʻzining aybini tan olmaydi. Oʻz aybiga boshqalarni sababchi qilib koʻrsataveradi. Oʻzi zalolatga ketgani yetmaganidek, oʻzgalarni ham zalolatga ketkazish uchun jon-jahdi ila harakat qilaveradi.
«...albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab koʻrsataman...»
Yer yuzida qanday gunoh, qanday yomonlik boʻlsa, shayton uni insonga ziynatlab koʻrsatishga harakat qiladi. Agar inson biron harom ishga nafsida ozgina mayl sezsa, oʻsha ishni unga shayton igʻvo qilib, ziynatlab koʻrsatayotganini esga olsin. Mabodo, inson oʻzining toatibodatlarida sal boʻlsa ham dangasalikka mayl topsa, shayton unga oʻsha dangasalikni ziynatlab koʻrsatayotganini fikr etsin. Chunki shayton:
«...va albatta, ularning hammasini igʻvo qilaman», dedi.
Yaʼni, zalolatga ketkazishga, yoʻldan urishga harakat qilaman, dedi. Adashtiraman, dedi. Soʻng shayton bundan mustasno boʻladiganlarni eslab: