QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят39

قَالَ رَبِّ بِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأُزَيِّنَنَّ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan, albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab ko`rsataman va, albatta, ularning hammasini ig`vo qilaman.У: «Эй Роббим, мени залолатга кетказганинг сабабидан, албатта, мен уларга ер юзида (гуноҳларни) зийнатлаб кўрсатаман ва, албатта, уларнинг ҳаммасини иғво қиламан.Alauddin Mansour: (Iblis) aytdi: «Parvardigorim, qasamki, endi meni yoʻldan ozdirganing sababli albatta, ularga (Odam bolalariga) Yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli koʻrsatib qoʻyurman va albatta, ularning hammalarini yoʻldan ozdirurman.(Иблис) айтди: «Парвардигорим, қасамки, энди мени йўлдан оздирганинг сабабли албатта, уларга (Одам болаларига) Ердаги (барча гуноҳ ишларни) чиройли кўрсатиб қўюрман ва албатта, уларнинг ҳаммаларини йўлдан оздирурман.

264-sahifa · 14-juz · 27-hizb264-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu dediу дедиرَبِّey Robbimэй Роббимبِمَآsababidanсабабиданأَغْوَيْتَنِىmeni zalolatga ketkazganingмени залолатга кетказганингلَأُزَيِّنَنَّalbatta, ziynatlab koʻrsatamanалбатта, зийнатлаб кўрсатаманلَهُمْulargaуларгаفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаوَلَأُغْوِيَنَّهُمْva albatta, ularni igʻvo qilamanва албатта, уларни иғво қиламанأَجْمَعِينَhammasiniҳаммасини
TafsirТафсир

Mana shu gapidan iblis nima uchun Allohdan uni yoʻqotib yubormay qoʻyib qoʻyishini iltijo qilayotgani tushunib olinadi. Uning maqsadi odamlar qayta tiriltiriladigan kungacha tavba qilib oʻzini oʻnglab olish emas ekan. Balki, odamlarni igʻvo qilib yoʻldan ozdirish, ularga turli gunoh va yomonliklarni ziynatlab koʻrsatish ekan. Buning sababi esa, odam tufayli zalolatga uchragani ekan. Uning gapiga eʼtibor beraylik-a:

«Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan», deyapti.

Alloh uni zalolatga ketkazgan emish. Oʻzi beayb ekan-da. Alloh uni zalolatga ketkazishiga esa, Odam sababchi boʻlgan emish. Odam yaratilmaganida, Alloh uni Odamga sajda qilishga amr qilmasdi. Amr boʻlmasa, isyon ham boʻlmasdi. Shayton va unga ergashganlarning tabiati shu. Oʻzining aybini tan olmaydi. Oʻz aybiga boshqalarni sababchi qilib koʻrsataveradi. Oʻzi zalolatga ketgani yetmaganidek, oʻzgalarni ham zalolatga ketkazish uchun jon-jahdi ila harakat qilaveradi.

«...albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab koʻrsataman...»

Yer yuzida qanday gunoh, qanday yomonlik boʻlsa, shayton uni insonga ziynatlab koʻrsatishga harakat qiladi. Agar inson biron harom ishga nafsida ozgina mayl sezsa, oʻsha ishni unga shayton igʻvo qilib, ziynatlab koʻrsatayotganini esga olsin. Mabodo, inson oʻzining toatibodatlarida sal boʻlsa ham dangasalikka mayl topsa, shayton unga oʻsha dangasalikni ziynatlab koʻrsatayotganini fikr etsin. Chunki shayton:

«...va albatta, ularning hammasini igʻvo qilaman», dedi.

Yaʼni, zalolatga ketkazishga, yoʻldan urishga harakat qilaman, dedi. Adashtiraman, dedi. Soʻng shayton bundan mustasno boʻladiganlarni eslab: