QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят40

إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar, ulardan tanlangan bandalaringni (adashtira olmasman)», dedi.Магар, улардан танланган бандаларингни (адаштира олмасман)», деди.Alauddin Mansour: Magar ularning orasidagi pokiza bandalaringgina (Haq Yoʻldan ozmay qolurlar)».Магар уларнинг орасидаги покиза бандаларинггина (Ҳақ Йўлдан озмай қолурлар)».

264-sahifa · 14-juz · 27-hizb264-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарعِبَادَكَbandalaringniбандаларингниمِنْهُمُulardanуларданٱلْمُخْلَصِينَtanlangan (ixlosli)танланган (ихлосли)
TafsirТафсир

Yaʼni, bandalaringdan ibodating, toating uchun tanlab olinganlarini adashtira olmayman, dedi. Alloh Oʻziga ixlos qilgan bandalarnigina tanlab oladi. Laʼnati iblis bilib aytgan bu gapni. Chunki, Allohga ixlosi bor bandalarni Allohning Oʻzi himoya qiladi. Shuning uchun, shayton bu bandalarni hech qachon yoʻldan ozdira olmaydi. Allohga ixlosi yoʻq, gʻofil bandalar esa, shayton igʻvosi uchun tayyor oʻlja hisoblanadi. U nimani ziynatlab koʻrsatsa, oʻshanga oʻzini uradi. Oqibatda zalolatga ketib, shayton askarlaridan biriga aylanadi.