لَهَا سَبْعَةُ أَبْوَٰبٍ لِّكُلِّ بَابٍ مِّنْهُمْ جُزْءٌ مَّقْسُومٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning yetti eshigi bordir. Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan bo`lagi bordir», dedi.Унинг етти эшиги бордир. Ҳар бир эшик учун улардан тақсимланган бўлаги бордир», деди.Alauddin Mansour: Uning yetti darvozasi boʻlib, har bir darvozadan ularning bir toʻdasi kirur.Унинг етти дарвозаси бўлиб, ҳар бир дарвозадан уларнинг бир тўдаси кирур.
Yaʼni: Alloh taolo quyidagilarni aytdi:
«Ushbu zimmamdagi toʻgʻri yoʻldir».
Amalga oshishi lozim boʻlgan qonundir. Odatga kirib qolgan ishdir. Chiqarib qoʻyilgan hukmdir. U quyidagilardir:
«Albatta, Mening bandalarim ustida sening sultoning yoʻqdir, magar senga ergashgan gumrohlargagina bordir».
Mening muxlis bandalarimga sening hukming ham, gaping ham oʻtmaydi. Ziynatlashing ham, yoʻldan ozdirishing ham taʼsir etmaydi. Sening bu narsalaring faqatgina senga ergashgan, yoʻldan adashgan gumrohlargagina oʻtadi va taʼsir qiladi. Qonun va hukm shu. Boshqacha boʻlmaydi. Toʻgʻri yoʻlning yana bir qonuni shulki, senga ergashgan gumrohlar uchun vaʼda qilingan joy ham bor:
«Albatta, jahannam ularning barchasining vaʼda qilingan joyidir».
Demak, ularga jahannam vaʼda qilingan. Jahannam qanday joy ekanini bilasanmi?
«Uning yetti eshigi bordir.»
Baʼzi rivoyatlarda kelishicha, jahannam yetti qavatdan iborat boʻlib, har qavatining alohida eshigi boʻlar ekan. Har qavati bir- biridan ashaddiyroq boʻlar ekan. Chunki, gumrohlik, xatokorlik ham har xil boʻladi. Qilgan gunohi darajasiga qarab, kofirlar turli qavatlarga kiritiladi.
«Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan boʻlagi bordir.»
Shaytonga ergashgan gumrohlar taqsimlab, boʻlib-boʻlib, guruhlarga ajratib qoʻyilgan boʻladi. Oʻsha mazkur yetti eshikdan gunohining koʻp-ozligiga qarab, birin-ketin kiritilaveradilar.
Gumrohlarning oqibati eslatilganidan soʻng, uning muqobiliga taqvodorlarning oqibati nima boʻlishi ham zikr qilinadi: