QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят52

إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَقَالُوا۟ سَلَـٰمًا قَالَ إِنَّا مِنكُمْ وَجِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uning huzuriga kirganlarida: «Salom», dedilar. U: «Albatta, biz sizlardan qo`rqmoqdamiz», dedi.Улар унинг ҳузурига кирганларида: «Салом», дедилар. У: «Албатта, биз сизлардан қўрқмоқдамиз», деди.Alauddin Mansour: Oʻshanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib: «Salom», deganlarida, (Ibrohim alik olib, ularga bir semiz buzoqni pishirib keltirdi. Lekin mehmonlar taomga qoʻl choʻzishmagach), u: «Biz sizlardan qoʻrqmoqdamiz (Kimsizlar oʻzi)?», dedi.Ўшанда улар (Иброҳимнинг) ҳузурига кириб: «Салом», деганларида, (Иброҳим алик олиб, уларга бир семиз бузоқни пишириб келтирди. Лекин меҳмонлар таомга қўл чўзишмагач), у: «Биз сизлардан қўрқмоқдамиз (Кимсизлар ўзи)?», деди.

265-sahifa · 14-juz · 27-hizb265-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْqachonkiқачонкиدَخَلُوا۟kirganlaridaкирганларидаعَلَيْهِuning huzurigaунинг ҳузуригаفَقَالُوا۟bas, dedilarбас, дедиларسَلَـٰمًۭاsalomсаломقَالَdediдедиإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизمِنكُمْsizlardanсизларданوَجِلُونَqoʻrqmoqdamizқўрқмоқдамиз
TafsirТафсир

Bu qissa boshqa suralarda ham kelgan. Ammo har bir surada oʻsha suraning siyoqiga, asosiy maqsadiga qarab, alohida uslub va tartib bilan zikr qilingan. Ushbu «Hijr» surasida ham uning siyoqi va maqsadiga muvofiq, qisqa-qisqa iboralar bilan, choʻzmasdan, maqsad bayon qilinmoqda.

Farishtalar mehmon sifatida kirib Ibrohim alayhissalomga salom berdilar. Orada taom pishirish, keltirib qoʻyish, farishtalarning qoʻl choʻzmaslik voqealari boʻlib oʻtadi. Ibrohim alayhissalomning mehmonlarning taom yemayotganlarini bilib qolib aytgan:

«Albatta, biz sizlardan qoʻrqmoqdamiz», degan gaplari u voqealarga ulab ketilmoqda.