إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ قَدَّرْنَآ ۙ إِنَّهَا لَمِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Faqat uning xotinigina istisnodir. Uning albatta qoluvchilardan bo`lishini taqdir qildik», dedilar.Фақат унинг хотинигина истиснодир. Унинг албатта қолувчилардан бўлишини тақдир қилдик», дедилар.Alauddin Mansour: Faqat uning xotiniga (najot yoʻqdir)». (Chunki) Biz (yaʼni, Alloh) uning (azob-uqubatda) qolguvchilardan boʻlishini taqdir qilib qoʻyganmiz.Фақат унинг хотинига (нажот йўқдир)». (Чунки) Биз (яъни, Аллоҳ) унинг (азоб-уқубатда) қолгувчилардан бўлишини тақдир қилиб қўйганмиз.
Farishtalar oʻzlarining jinoyatchi qavmlarni halok etish uchun yuborilganlarini aytdilar. Uning qaysi qavm ekanligi keyingi oyatdagi istisnodan bilinadi.
«Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.»
Yaʼni, jinoyatchi qavmga kelgan halok etuvchi azobdan Lut Paygʻambar ahlini qutqarib qolishimizga amr boʻlgan.
«Faqat uning xotinigina istisnodir.»
Yaʼni, qutqarib qolishimizdan Lut alayhissalomning xotinigina istisnodir. Uni halok qiluvchi azobdan qutqarib qolmaymiz. Chunki:
«Uning, albatta, qoluvchilardan boʻlishini taqdir qildik».
Yaʼni, Alloh taolo oʻsha xotinning azobda qoluvchi qavm bilan birga boʻlishini iroda qilgandir.
Shu yerda Ibrohim alayhissalomning Lut alayhissalom qavmi haqida farishtalar ila tortishganlari ham zikr qilinmay tashlab ketiladi. Bir yoʻla farishtalar Lut alayhissalom qavmiga kelganlaridan gap davom etadi.