QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят59

إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ إِنَّا لَمُنَجُّوهُمْ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.Магар Лут аҳлига эмас. Албатта, биз уларнинг ҳаммасини қутқаргувчилармиз.Alauddin Mansour: Lekin biz Lutning oilasini toʻla-toʻkis qutqarguvchidirmiz.Лекин биз Лутнинг оиласини тўла-тўкис қутқаргувчидирмиз.

265-sahifa · 14-juz · 27-hizb265-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّآmagarмагарءَالَahligaаҳлигаلُوطٍLutЛутإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизلَمُنَجُّوهُمْularni qutqarguvchilarmizуларни қутқаргувчилармизأَجْمَعِينَhammasiniҳаммасини
TafsirТафсир

Farishtalar oʻzlarining jinoyatchi qavmlarni halok etish uchun yuborilganlarini aytdilar. Uning qaysi qavm ekanligi keyingi oyatdagi istisnodan bilinadi.

«Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.»

Yaʼni, jinoyatchi qavmga kelgan halok etuvchi azobdan Lut Paygʻambar ahlini qutqarib qolishimizga amr boʻlgan.

«Faqat uning xotinigina istisnodir.»

Yaʼni, qutqarib qolishimizdan Lut alayhissalomning xotinigina istisnodir. Uni halok qiluvchi azobdan qutqarib qolmaymiz. Chunki:

«Uning, albatta, qoluvchilardan boʻlishini taqdir qildik».

Yaʼni, Alloh taolo oʻsha xotinning azobda qoluvchi qavm bilan birga boʻlishini iroda qilgandir.

Shu yerda Ibrohim alayhissalomning Lut alayhissalom qavmi haqida farishtalar ila tortishganlari ham zikr qilinmay tashlab ketiladi. Bir yoʻla farishtalar Lut alayhissalom qavmiga kelganlaridan gap davom etadi.