QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят58

قَالُوٓا۟ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Biz jinoyatchi qavmlarga yuborildik.Улар: «Биз жиноятчи қавмларга юборилдик.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Bizlar bir jinoyatchi qavmga (yaʼni, Lut qavmiga ularni halok qilish uchun yuborilganmiz.Улар дедилар: «Бизлар бир жиноятчи қавмга (яъни, Лут қавмига уларни ҳалок қилиш учун юборилганмиз.

265-sahifa · 14-juz · 27-hizb265-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوٓا۟dedilarдедиларإِنَّآalbatta, bizалбатта, бизأُرْسِلْنَآyuborildikюборилдикإِلَىٰ-ga-гаقَوْمٍۢqavmқавмمُّجْرِمِينَjinoyatchiжиноятчи
TafsirТафсир

Farishtalar oʻzlarining jinoyatchi qavmlarni halok etish uchun yuborilganlarini aytdilar. Uning qaysi qavm ekanligi keyingi oyatdagi istisnodan bilinadi.

«Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.»

Yaʼni, jinoyatchi qavmga kelgan halok etuvchi azobdan Lut Paygʻambar ahlini qutqarib qolishimizga amr boʻlgan.

«Faqat uning xotinigina istisnodir.»

Yaʼni, qutqarib qolishimizdan Lut alayhissalomning xotinigina istisnodir. Uni halok qiluvchi azobdan qutqarib qolmaymiz. Chunki:

«Uning, albatta, qoluvchilardan boʻlishini taqdir qildik».

Yaʼni, Alloh taolo oʻsha xotinning azobda qoluvchi qavm bilan birga boʻlishini iroda qilgandir.

Shu yerda Ibrohim alayhissalomning Lut alayhissalom qavmi haqida farishtalar ila tortishganlari ham zikr qilinmay tashlab ketiladi. Bir yoʻla farishtalar Lut alayhissalom qavmiga kelganlaridan gap davom etadi.