QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят85

وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۗ وَإِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَـَٔاتِيَةٌ ۖ فَٱصْفَحِ ٱلصَّفْحَ ٱلْجَمِيلَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen go`zal shaklda yuz o`gir.Биз осмонлару ерни ва улардаги нарсаларни ҳақ ила яратдик. Албатта, қиёмат келгувчидир. Бас, сен гўзал шаклда юз ўгир.Alauddin Mansour: Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi narsalarni faqat Haq (qonun-qoida) bilan yaratdik. Soat — Qiyomat ham, shak-shubhasiz, kelguvchidir. Bas (shunday ekan, ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, siz johil — kimsalarning yetkazayotgan ozor-aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) chiroyli yuz oʻgirish bilan yuz oʻgiring!Биз осмонлар ва Ерни ҳамда уларнинг ўртасидаги нарсаларни фақат Ҳақ (қонун-қоида) билан яратдик. Соат — Қиёмат ҳам, шак-шубҳасиз, келгувчидир. Бас (шундай экан, эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сиз жоҳил — кимсаларнинг етказаётган озор-азиятларига сабр-тоқат қилинг ва улардан) чиройли юз ўгириш билан юз ўгиринг!

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасخَلَقْنَاyaratdikяратдикٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَمَاva narsalarniва нарсаларниبَيْنَهُمَآular orasidagiулар орасидагиإِلَّاmagarмагарبِٱلْحَقِّ ۗhaq ilaҳақ илаوَإِنَّva albattaва албаттаٱلسَّاعَةَqiyomatқиёматلَـَٔاتِيَةٌۭ ۖalbatta kelguvchidirалбатта келгувчидирفَٱصْفَحِbas, yuz oʻgirбас, юз ўгирٱلصَّفْحَyuz oʻgirish ilaюз ўгириш илаٱلْجَمِيلَgoʻzalгўзал
TafsirТафсир

Demak, osmonlaru yerda va ulardagi barcha narsalarda faqat haq bor. Yolgʻon va nohaqlik, aldamchilik va botil, behudalik va tartibsizlik yoʻq, himmatsizlik ham, maqsadsizlik ham yoʻq. Shuning uchun, ulardagi barcha ishlar rostgoʻylik, adolat, sadoqat, haqiqat asosida tartibli, foydali, hikmatli va oliy maqsadni koʻzlash ila kechmogʻi lozim. Chunki:

«Albatta, qiyomat kelguvchidir».

Qiyomat kuni bu dunyoda qilingan ishlarning barchasi haq ila hisob-kitob qilinadi. Kelishi aniq boʻlgan qiyomat kunida haq qaror topadi. Ey Paygʻambar:

«Bas, sen goʻzal shaklda yuz oʻgir».

Oʻzingni qiynab yurma. Qalbingni turli gʻam-tashvish ila mashgʻul qilma. Haq, albatta, oʻz oʻrnini topadi.