QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят84

فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qilgan kasblari ularga biron foyda bermadi.Қилган касблари уларга бирон фойда бермади.Alauddin Mansour: Soʻngra ularga qilgan narsalari (yaʼni, tosh qalʼalari) biron foyda bermadi.Сўнгра уларга қилган нарсалари (яъни, тош қалъалари) бирон фойда бермади.

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَآbas, emasбас, эмасأَغْنَىٰfoyda berdiфойда бердиعَنْهُمulargaуларгаمَّاnarsaнарсаكَانُوا۟ular edilarулар эдиларيَكْسِبُونَkasb qilib yurganкасб қилиб юрган
TafsirТафсир

Toshdan oʻyib yasagan uylari ularni himoya qilib qolmadi.

Ularga qattiq qichqiriq halokat keltiruvchi azob boʻlishi ham, ehtimol, uylarining toshni oʻyib qilinganidan boʻlsa, ajab emas. Suv balosi, oʻt balosi yoki zilzila boʻlsa, bu uylar oddiy uylarga qaraganda chidamliroq boʻlishi mumkin edi. Shuning uchun ham, Hijr egalari oʻzlarini omonda his etib yurar edilar. Ammo, Alloh taolo ularga oʻzlari kutmagan tomondan balo yogʻdirdi. Bir qichqiriq tovush bilan ishlarini bitirdi. (Qattiq tovush halokatga olib kelishi hozirda ham tasdiqlangan.)

Shu bilan «Hijr» surasidagi qissalar silsilasi tamom boʻldi. Ulardan koʻplab ibratlar olamiz. Jumladan, har qanday kofir va sarkash qavm ajali yetganda halokatga uchrashi muqarrar ekanini tushunib yetamiz. Iymonlilar najot topadi. Oxiri borib, qilingan ishlarning hisob-kitobi boʻladi. Oxiratda ham har kim qilganiga yarasha jazo tortadi. Alloh taolo joriy qilib qoʻygan qonun-qoida shu. Bu dunyoyu u dunyoda najot topay, degan odam Allohga, Paygʻambarga va ilohiy kitobga iymon keltirib, ularning koʻrsatmalariga amal qilib yashamogʻi lozim. Kelasi oyatlarda ana oʻsha maʼnolarni taʼkidlovchi, Allohning yagonaligiga dalolat qiluvchi bayonotlar keladi.