QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят1

أَتَىٰٓ أَمْرُ ٱللَّهِ فَلَا تَسْتَعْجِلُوهُ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ وَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qo`ya qoling. U zot ular keltirayotgan shirklardan pok va oliy bo`ldi.Аллоҳнинг амри келди. Бас, унинг тезроқ келишини талаб қилмай қўя қолинг. У зот улар келтираётган ширклардан пок ва олий бўлди.Alauddin Mansour: Allohning farmoni (yaʼni, Qiyomat) kelib qoldi. Bas, sizlar (ey mushriklar), uni shoshtirmay qoʻya qolinglar. (Alloh) ularning shirklaridan pok va yuksakdir.Аллоҳнинг фармони (яъни, Қиёмат) келиб қолди. Бас, сизлар (эй мушриклар), уни шоштирмай қўя қолинглар. (Аллоҳ) уларнинг ширкларидан пок ва юксакдир.

267-sahifa · 14-juz · 27-hizb267-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَتَىٰٓkeldiкелдиأَمْرُamriамриٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَلَاbas, emasбас, эмасتَسْتَعْجِلُوهُ ۚuning tezroq kelishini talab qilinglarунинг тезроқ келишини талаб қилингларسُبْحَـٰنَهُۥU zot pok boʻldiУ зот пок бўлдиوَتَعَـٰلَىٰva oliy boʻldiва олий бўлдиعَمَّاnarsalardanнарсаларданيُشْرِكُونَular shirk keltirayotganулар ширк келтираётган
TafsirТафсир

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mushriklarga azob kelishi, qiyomat boʻlishi haqida xabar bergan edilar. Bu xususda baʼzi oyatlar ham nozil boʻlgan. Albatta, bu xabarlar kishilarni ogohlantirish, ularni kufr va shirkning yomon oqibatidan qoʻrqitish uchun yuborilgan. Kofirlarga azob qachon kelishini ham yoki qiyomat qachon boʻlib, unda kofirlar jazosini qachon olishini ham hech kim bilmaydi. Bu ishlar Alloh taqdir qilib qoʻygan vaqtda boʻladi. Mushriklar shu gapni ushlab oldilar. Ular doimo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Sen aytgan qiyomat, azob qachon keladi, kelsa, tezroq kela qolmaydimi?» deb shoshirishar edi. Ular oʻzlaricha: «Agar Muhammad aytganidek, Alloh kofirlarni azoblaydigan boʻlsa, mana, biz kofir boʻlib turibmiz, nima uchun bizni azoblamayapti? Agar mushriklarni azoblaydigan boʻlsa, mana, biz mushrik boʻlib turibmiz, nima uchun bizni azoblamayapti? Agar osiylarni azoblaydigan boʻlsa, mana, biz osiy boʻlib turibmiz, nima uchun bizni azoblamayapti?» deyishardi. Bu dagʻdagʻalari bilan ular: biz toʻgʻri qilyapmiz, Muhammad odamlarni quruq gaplar bilan qoʻrqitib yuribdi, unga ishonmaslik kerak, demoqchi boʻlishardi. Ular Alloh taolo har bir ishni hikmat bilan qilishini tushunib yetishmasdi. Oʻzlariga beriladigan azobning ketga surilishida hikmat borligini bilishmasdi. Har bir ish Alloh tomonidan oʻlchab qoʻyilganini, belgilangan muddatida boʻlishini anglashmasdi. Shuning uchun ham, bu oyat:

«Allohning amri keldi», deb boshlanmoqda. Allohning «Kofir va mushriklarni azobga duchor qilaman» degan vaʼdasi chiqdimi, boʻldi, shuning oʻzi yetarli. Bu, oʻsha azob keldi, degan gap. Alloh aytgan ish boʻlmay qolmaydi.

«Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qoʻya qoling.»

U boʻldi hisob. Tezroq kelishini talab qilishning xojati yoʻq. U erta ham, kech ham kelmaydi. Balki, faqat Alloh belgilagan vaqtda aniq keladi.

«U zot ular keltirayotgan shirklardan pok va oliy boʻldi.»

Alloh taolo mushriklar qilayotgan eʼtiqoddan pokdir. Uning haqidagi nomaʼqul fikrlardan oliydir.