QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят2

يُنَزِّلُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ بِٱلرُّوحِ مِنْ أَمْرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦٓ أَنْ أَنذِرُوٓا۟ أَنَّهُۥ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱتَّقُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U O`z amri ila farishtalarni ruh — vahiy bilan bandalaridan O`zi xohlaganlariga: «Ogohlantiringlar. Albatta, Mendan o`zga iloh yo`q. Bas, Menga taqvo qilinglar», deb nozil qilur.У Ўз амри ила фаришталарни руҳ — ваҳий билан бандаларидан Ўзи хоҳлаганларига: «Огоҳлантиринглар. Албатта, Мендан ўзга илоҳ йўқ. Бас, Менга тақво қилинглар», деб нозил қилур.Alauddin Mansour: (Alloh) Oʻz amri-irodasi bilan Oʻzi xohlagan bandalariga farishtalarni (shunday) vahiy bilan tushirur: («Ey paygʻambarlarim, insonlarni) ogohlantiringlarki, hech qanday iloh yoʻq, faqat Men Oʻzimgina bordirman. Bas, (barchalaringiz) Mendangina qoʻrqingiz!»(Аллоҳ) Ўз амри-иродаси билан Ўзи хоҳлаган бандаларига фаришталарни (шундай) ваҳий билан туширур: («Эй пайғамбарларим, инсонларни) огоҳлантирингларки, ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Мен Ўзимгина бордирман. Бас, (барчаларингиз) Мендангина қўрқингиз!»

267-sahifa · 14-juz · 27-hizb267-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُنَزِّلُnozil qiladirнозил қиладирٱلْمَلَـٰٓئِكَةَfarishtalarniфаришталарниبِٱلرُّوحِruh-vahiy bilanруҳ-ваҳий биланمِنْ-dan-данأَمْرِهِۦOʻz amriЎз амриعَلَىٰ-ga-гаمَنkimsaкимсаيَشَآءُOʻzi xohlaganЎзи хоҳлаганمِنْ-dan-данعِبَادِهِۦٓbandalariбандалариأَنْdebдебأَنذِرُوٓا۟ogohlantiringlarогоҳлантирингларأَنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّآoʻzgaўзгаأَنَا۠MendanМенданفَٱتَّقُونِbas, Menga taqvo qilinglarбас, Менга тақво қилинглар
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo bandalari orasidan tanlagan Paygʻambarlariga farishtalarni vahiy bilan tushiradi. Shu orqali ularga, odamlarni ogohlantiringlar, ularga Mendan oʻzga iloh yoʻq ekanligini aytinglar, Menga taqvo qilinglar, deb aytadi. Zotan, har bir Paygʻambarni yuborishdan asosiy maqsad ham mana shudir.

Oyati karimada vahiyning «ruh» deb nomlanishi alohida eʼtiborga sazovordir. Ruh kishi jasadini jonlantirgani kabi vahiy (ilohiy taʼlimot) ham inson qalbini, dilini jonlantiradi. Ilohiy taʼlimot yetmagan qalb oʻlik hisoblanadi. Vahiy insonning qalbiga, vijdoniga, aqliga, tafakkuriga jon boʻlib keladi. Insoniyat vahiy ila maʼnaviy tirik boʻladi. Vahiyga asoslanmagan xalqlar maʼnaviy oʻlik hisoblanadilar. Maʼnaviy oʻliklik esa, hamma baloning boshidir. Jismoniy, moddiy halokatga ham, asosan, ushbu maʼnaviy oʻliklik olib boradi.