QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят103

وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُۥ بَشَرٌ ۗ لِّسَانُ ٱلَّذِى يُلْحِدُونَ إِلَيْهِ أَعْجَمِىٌّ وَهَـٰذَا لِسَانٌ عَرَبِىٌّ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, bilamizki, albatta, ular: «Unga faqat bashar ta'lim bermoqda, xolos», derlar. Ular gumon qilayotganning tili ajamiydir. Bu esa, ochiq-oydin arab tilidadir.Батаҳқиқ, биламизки, албатта, улар: «Унга фақат башар таълим бермоқда, холос», дерлар. Улар гумон қилаётганнинг тили ажамийдир. Бу эса, очиқ-ойдин араб тилидадир.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz ularning «(Qurʼonni Muhammadga) biron odam oʻrgatmoqda», deyayotganini bilurmiz. (Lekin ularning bu daʼvolari puchdir, chunki) ular ishora qilayotgan kimsaning tili ajamiy (yaʼni, arabiy emas), bu (Qurʼon) esa ochiq-ravshan arabiydir.Аниқки, Биз уларнинг «(Қуръонни Муҳаммадга) бирон одам ўргатмоқда», деяётганини билурмиз. (Лекин уларнинг бу даъволари пучдир, чунки) улар ишора қилаётган кимсанинг тили ажамий (яъни, арабий эмас), бу (Қуръон) эса очиқ-равшан арабийдир.

279-sahifa · 14-juz · 28-hizb279-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқنَعْلَمُbilamizkiбиламизкиأَنَّهُمْalbatta ularалбатта уларيَقُولُونَderlarдерларإِنَّمَاfaqat, xolosфақат, холосيُعَلِّمُهُۥunga taʼlim bermoqdaунга таълим бермоқдаبَشَرٌۭ ۗbasharбашарلِّسَانُtiliтилиٱلَّذِىoʻshaningўшанингيُلْحِدُونَnisbat berayotgan (gumon qilayotgan)нисбат бераётган (гумон қилаётган)إِلَيْهِungaунгаأَعْجَمِىٌّۭajamiydirажамийдирوَهَـٰذَاbu esaбу эсаلِسَانٌtildadirтилдадирعَرَبِىٌّۭarabарабمُّبِينٌochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Mushriklarning Qurʼoni Karim haqida toʻqigan uydirmalaridan yana biri shuki, ular: «Muhammadga Qurʼonni odam oʻrgatyapti, u esa, menga Qurʼonni Allohning farishtasi keltirdi», deb yolgʻon gapiryapti», deydilar.

Muhammad ibn Ishoqning Paygʻambarimiz alayhissalom haqlaridagi siyrat kitobida rivoyat qilinishicha: «Rasululloh alayhissalom Marva tepaligidagi Subayda degan joyda Jabr ismli bir nasroniy gʻulom bilan oʻtirar edilar. U Bani Hazramiylardan birining quli edi. Shundan soʻng Alloh:

«Batahqiq, bilamizki, albatta ular: «Unga faqat bashar taʼlim bermoqda, xolos», derlar. Ular gumon qilayotganning tili ajamiydir. Bu esa, ochiq-oydin arab tilidadir», oyatini nozil qildi».

Shunga oʻxshash boshqa bir necha rivoyatlar ham bor. Umumiy maʼno shuki, mushriklar Qurʼon Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Allohdan kelayotganini tan olmasdan, uni Muhammadning oʻzi toʻqib chiqarmoqda, degan tuhmatni qilib koʻrdilar. Ammo oʻylab qarashsa, umrida taʼlim koʻrmagan, oʻqish-yozishni bilmagan odam Qurʼonga oʻxshash narsani toʻqib chiqarishi mumkin emas ekan. Shuning uchun, unga Qurʼonni bashar taʼlim bermoqda, falonchi oʻrgatmoqda, degan boshqa uydirma–yolgʻonni toʻqidilar. Kofirlik, mushriklik odamlarni ana shunday johil qilib qoʻyadi. Avval boshda Muhammad sollallohu alayhi vasallamni uydirmachilikda ayblayotganlar birpas turib oʻzlari uydirmachilik bilan tuhmat etishga oʻtib oldilar. Ularning johilliklari shu darajaga yetdiki, qanday qilib boʻlsa ham Qurʼonning ilohiy kitobligini inkor etish maqsadida toʻqiyotgan uydirmalari gʻoyatda mantiqsiz va oʻzlariga qarshi dalil boʻlayotganini ham unutib qoʻyishdi.

Ularning «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼonni falonchi taʼlim berib, oʻrgatib qoʻyyapti», degan daʼvolariga qarshi Alloh:

«Ular gumon qilayotganning tili ajamiydir», deb raddiya bermoqda.

U arab emas. Arab tilini bilmaydi ham. Tilini bilmaydigan odam qanday qilib arab odamga Qurʼon saviyasidagi moʻʼjiza kalomni oʻrgata oladi? Mushriklar buni inobatga olmay gapirib yuborishavergan. Axir:

«Bu esa, ochiq-oydin arab tilidadir».

Qurʼon ochiq-oydin arab tilida-ku! Arab tilining ham eng balogʻatli va fasohatli, hatto soʻz ustalari yaqiniga kela olmaydigan oliy saviyasida-ku!

Ha, ozgina oʻylagan odam Muhammad sollallohu alayhi vasallam Qurʼonni oʻzlari toʻqib olishlari mumkin emasligini tushunadi. Buni turli zamon kofirlari ham anglab yetadi. Ammo kufr jaholati sababli, Qurʼonni Muhammad oʻzi toʻqishi mumkin emas, uni Alloh nozil qilgan, deya olmaydi. Buning oʻrniga, boshqa ahmoqona uydirmalarni aytadi. Qadimgi Quraysh kofirlari: Muhammadga Qurʼonni Jabr, Balzot yoki Yaʼiysh oʻrgatdi, deb ajam qullarning ismlarini aytganlar. Ulardan bir ming toʻrt yuz yil keyingi kofirlar: Muhammad katta olimlarni toʻplab Qurʼonni yozdirdi, soʻngra ularning hammasini oʻldirib yuborib, kitobni bedapoyaga tashlab qoʻydi-da, odamlarni chaqirib kelib, mana menga osmondan kitob tushdi, deb daʼvo qildi, deyishdi. Ushbu uydirmani uyalmaynetmay dars qilib oʻtishdi. Ularning bu uydirmasi oʻzlarining aqlsizliklariga dalolat ekanini tushunib yetishmas edi.

Kofir boʻlgandan keyin shu ekan-da!