QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят102

قُلْ نَزَّلَهُۥ رُوحُ ٱلْقُدُسِ مِن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّ لِيُثَبِّتَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهُدًى وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen uni ruhul qudus Robbingdan iymon keltirganlarni sobitqadam qilish uchun va musulmonlarga hidoyat va xushxabar etib haq ila tushirganini ayt.Сен уни руҳул қудус Роббингдан иймон келтирганларни собитқадам қилиш учун ва мусулмонларга ҳидоят ва хушхабар этиб ҳақ ила туширганини айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) uni (yaʼni, Qurʼonni) Ruhul-Qudus (yaʼni, Jabroil) Parvardigoringiz tarafidan iymon keltirgan zotlarni sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va xushxabar bulgan holida haqqi-rost nozil qilganini ayting.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) уни (яъни, Қуръонни) Руҳул-Қудус (яъни, Жаброил) Парвардигорингиз тарафидан иймон келтирган зотларни собитқадам қилиш учун мусулмонларга ҳидоят ва хушхабар булган ҳолида ҳаққи-рост нозил қилганини айтинг.

278-sahifa · 14-juz · 28-hizb278-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтنَزَّلَهُۥuni tushirdiуни туширдиرُوحُRuhulРуҳулٱلْقُدُسِQudus (Jabroil)Қудус (Жаброил)مِن-dan-данرَّبِّكَRobbingdanРоббингданبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаلِيُثَبِّتَsobitqadam qilish uchunсобитқадам қилиш учунٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَهُدًۭىva hidoyat etibва ҳидоят этибوَبُشْرَىٰva xushxabarва хушхабарلِلْمُسْلِمِينَmusulmonlargaмусулмонларга
TafsirТафсир

Ey Muhammad! Sen ularga Qurʼonni Alloh taolo huzuridan ruhul qudus unvoniga ega boʻlgan farishta Jabroil alayhissalom olib tushganini ayt. Mushriklar tuhmat qilayotganidek, Qurʼonni sen uydirib–toʻqib olganing yoʻq. Qurʼon, ular oʻylaganidek, odamlarni masxaralash uchun tushirilgan emas. U moʻminlarni sobitqadam qilish uchun tushirilgan. Qurʼon taʼlimotlariga amal etib yashagan moʻminlarning ikki dunyoda ham qadami sobit boʻladi. U musulmonlarni hidoyat yoʻliga boshlaydi.

Qurʼon musulmonlar uchun xushxabardir. U musulmonlarga islomiy hayot kechirganlari uchun ikki dunyo saodatiga muyassar boʻlishlari haqida xushxabar beradi. Qurʼoni Karim haq ila tushgandir. Uning butun borligʻi haqdir. U bor joyda haq bordir.