QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят101

وَإِذَا بَدَّلْنَآ ءَايَةً مَّكَانَ ءَايَةٍ ۙ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُنَزِّلُ قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مُفْتَرٍۭ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki, Biz bir oyat o`rnini boshqa bir oyat ila almashtirsak, — holbuki, Alloh nimani nozil qilishni O`zi yaxshi bilguvchidir — ular: «Shubhasiz, sen uydirmachisan!» derlar. Yo`q! Ularning ko`plari bilmaslar.Қачонки, Биз бир оят ўрнини бошқа бир оят ила алмаштирсак, — ҳолбуки, Аллоҳ нимани нозил қилишни Ўзи яхши билгувчидир — улар: «Шубҳасиз, сен уйдирмачисан!» дерлар. Йўқ! Уларнинг кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Qachon Biz bir oyat oʻrniga boshqa bir oyatni almashtirsak — holbuki, Alloh Oʻzi nozil qiladigan oyatlarni juda yaxshi bilguvchidir — ular (paygʻambarga): «Shak-shubhasiz, sen oʻzing toʻqib olursan», deydilar! Yoʻq, ularning koʻplari bilmaydilar!Қачон Биз бир оят ўрнига бошқа бир оятни алмаштирсак — ҳолбуки, Аллоҳ Ўзи нозил қиладиган оятларни жуда яхши билгувчидир — улар (пайғамбарга): «Шак-шубҳасиз, сен ўзинг тўқиб олурсан», дейдилар! Йўқ, уларнинг кўплари билмайдилар!

278-sahifa · 14-juz · 28-hizb278-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиبَدَّلْنَآBiz almashtirsakБиз алмаштирсакءَايَةًۭbir oyatniбир оятниمَّكَانَoʻrnigaўрнигаءَايَةٍۢ ۙboshqa oyatбошқа оятوَٱللَّهُholbuki, Allohҳолбуки, Аллоҳأَعْلَمُyaxshi bilguvchidirяхши билгувчидирبِمَاnimaniниманиيُنَزِّلُnozil qilishniнозил қилишниقَالُوٓا۟derlarдерларإِنَّمَآshubhasiz, faqatшубҳасиз, фақатأَنتَsenсенمُفْتَرٍۭ ۚuydirmachisanуйдирмачисанبَلْyoʻq!йўқ!أَكْثَرُهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilmaslarбилмаслар
TafsirТафсир

Avvalgi oʻrgangan suralarimizda Qurʼondagi baʼzi oyatlar kezi kelganda maʼlum sabablarga koʻra nasx etilib, Alloh ularning hukmi oʻrniga boshqa oyat ila boshqa hukm joriy qilishini bilgan edik. Ushbu oyatda Qurʼondagi baʼzi oyatlarning nasx boʻlishiga mushriklarning munosabatlari bildirilmoqda:

«Qachonki, Biz bir oyat oʻrnini boshqa bir oyat ila almashtirsak...»

Yaʼni, avval nozil qilingan oyat hukmini bekor etib, oʻrniga boshqa hukm joriy boʻlganini bayon qiluvchi oyat tushirsak.

Darhaqiqat, Alloh taolo shunday qildi. Bunda koʻplab ilohiy hikmatlar boʻladi. Oʻsha hikmatdan baʼzilari oʻtgan suralarda, nasxga oid oyatlar tafsirida mufassal bayon qilindi. Mushriklar esa, bu hikmatlarni tushunmaydilar. Oʻzlaricha bu ishga baho berishga harakat qiladilar.

«...holbuki, Alloh nimani nozil qilishni Oʻzi yaxshi bilguvchidir...»

Qaysi oyatni qachon, qanday holda, qaysi hukm ila nozil qilishini, u hukmni qaysi hukm ila almashtirishni juda ham yaxshi biladi. Uning hech bir ishi behikmat emas. Buni bilmagan johil mushriklar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga tuhmat qilib:

«Shubhasiz, sen uydirmachisan!» derlar».

Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda ushbu maʼnoda quyidagilar aytiladi:

«Qachonki, shiddatli hukmi bor oyat nozil boʻlib, keyinroq nasx qilinsa, Quraysh kofirlari: «Allohga qasamki, Muhammad oʻz sheriklarini masxaralashdan boshqa ish qilmayapti. Ularni bugun bir ishga buyursa, ertaga undan qaytaradi. Buni u oʻzidan chiqarib qilmoqda», der edilar. Shunda ushbu oyat nozil boʻldi».

«Yoʻq! Ularning koʻplari bilmaslar.»

Yoʻq! Gap mushriklar aytayotgandek emas. Muhammad sollallohu alayhi vasallam uydirmachilik qilayotganlari yoʻq. U kishi oʻzlaridan bir oyat yoki bir harf ham toʻqib–uydirib keltirmaydilar. Qurʼon toʻligʻicha Allohning kalomidir. Bir oyatdagi hukmni almashtirib tushirayotgan ham Allohning Oʻzidir. Mushriklar oyatlarning nasx boʻlish hikmatini bilmaydilar. Ular Alloh taolo shu yoʻl bilan turli maʼnaviy, axloqiy, ijtimoiy va boshqa dardlarga chalingan johiliy jamiyatni hoziq tabibdek davolayotganini anglamaydilar.