إِنَّمَا سُلْطَـٰنُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَوَلَّوْنَهُۥ وَٱلَّذِينَ هُم بِهِۦ مُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning sultoni faqat uni do`st tutadiganlarga va u sababli mushrik bo`lganlarga, xolos.Унинг султони фақат уни дўст тутадиганларга ва у сабабли мушрик бўлганларга, холос.Alauddin Mansour: Uning (shaytonning) hukmronligi faqat (uni) doʻst tutib, (Alloh)ga sherik qilib oladigan kimsalar ustidadir.Унинг (шайтоннинг) ҳукмронлиги фақат (уни) дўст тутиб, (Аллоҳ)га шерик қилиб оладиган кимсалар устидадир.
Shaytonni oʻziga valiy va doʻst etib olganlar boʻlsa, albatta, shayton ularga ega boʻlib, sultonini oʻtkazadi. Shuningdek, shayton sababli mushrik boʻlganlar boʻlsa, unga ibodat qilib, Allohga shirk keltirgan yoki shayton vasvasasiga uchrab, boshqa narsalarni Allohga sherik qilganlar boʻlsa, ularga ham shayton oʻz sultonini oʻtkazadi.
Ana oʻshanday mushriklar Qurʼoni Karim haqida ham turli boʻlmagʻur gaplarni chiqaradilar.