QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят112

وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا قَرْيَةً كَانَتْ ءَامِنَةً مُّطْمَئِنَّةً يَأْتِيهَا رِزْقُهَا رَغَدًا مِّن كُلِّ مَكَانٍ فَكَفَرَتْ بِأَنْعُمِ ٱللَّهِ فَأَذَٰقَهَا ٱللَّهُ لِبَاسَ ٱلْجُوعِ وَٱلْخَوْفِ بِمَا كَانُوا۟ يَصْنَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh bir shaharni zarbulmasal qiladi: u omonlik va xotirjamlikda edi. Rizqi har makondan serob holda kelib turardi. So`ng, u Allohning ne'matlariga kufr keltirdi. Bas, Alloh unga, qilgan ishlari uchun, ochlik va xavf kiyimini tottirdi.Аллоҳ бир шаҳарни зарбулмасал қилади: у омонлик ва хотиржамликда эди. Ризқи ҳар макондан сероб ҳолда келиб турарди. Сўнг, у Аллоҳнинг неъматларига куфр келтирди. Бас, Аллоҳ унга, қилган ишлари учун, очлик ва хавф кийимини тоттирди.Alauddin Mansour: Alloh bir shaharni (yaʼni, Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqu roʻzi bekamu-koʻst kelib turar edi. Bas, (qachonki) u (yaʼni, uning aholisi) Allohning neʼmatiga noshukrlik qilgach, Alloh u (shahar aholisiga) bu «xunarlari» (kufru isyonlari) sababli ocharchilik va notinchlik balosini totdirib qoʻydi.Аллоҳ бир шаҳарни (яъни, Маккани) мисол келтирур: у тинч, сокин (шаҳар) эди, ҳар томондан ризқу рўзи бекаму-кўст келиб турар эди. Бас, (қачонки) у (яъни, унинг аҳолиси) Аллоҳнинг неъматига ношукрлик қилгач, Аллоҳ у (шаҳар аҳолисига) бу «хунарлари» (куфру исёнлари) сабабли очарчилик ва нотинчлик балосини тотдириб қўйди.

280-sahifa · 14-juz · 28-hizb280-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَضَرَبَva misol qiladiва мисол қиладиٱللَّهُAllohАллоҳمَثَلًۭاbir masal (zarbul masal)бир масал (зарбул масал)قَرْيَةًۭbir shaharniбир шаҳарниكَانَتْu ediу эдиءَامِنَةًۭomonlikdaомонликдаمُّطْمَئِنَّةًۭxotirjamlikdaхотиржамликдаيَأْتِيهَاunga kelib turardiунга келиб турардиرِزْقُهَاrizqiризқиرَغَدًۭاserob holdaсероб ҳолдаمِّن-dan-данكُلِّharҳарمَكَانٍۢmakondanмаконданفَكَفَرَتْbas, kufr keltirdiбас, куфр келтирдиبِأَنْعُمِneʼmatlarigaнеъматларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَأَذَٰقَهَاbas, unga tottirdiбас, унга тоттирдиٱللَّهُAllohАллоҳلِبَاسَkiyiminiкийиминиٱلْجُوعِochlikочликوَٱلْخَوْفِva xavfва хавфبِمَاnarsa sababliнарса сабаблиكَانُوا۟ular edilarулар эдиларيَصْنَعُونَqilarқилар
TafsirТафсир

Bu oyati karimadagi misol Makka shahri aholisi uchun eslatmadir. Alloh taolo bu shaharni muqaddas qilib qoʻydi. Oʻz uyining aynan shu shaharda boʻlishini iroda etdi. Makkani yomonliklar, gunoh ishlar va dushmanliklar harom qilingan shaharga aylantirdi. Unga kirgan har bir odamga omonlik va xotirjamlik berdi. Hattoki, birov jinoyat qilganidan soʻng kirsa ham, qaytib chiqmaguncha unga tegilmaydigan qildi. Makka atrofidagi hamma joylarda urush-janjal, bosqinchilik, talon-taroj hukm surgan bir paytda Makka aholisi Baytullohning hurmatidan tinch-omon, xotirjam yashar edi. Makka shahri qaqroq choʻlning qoq oʻrtasida boʻlsa ham, u yerda hech bir giyoh oʻsmasa ham, hojilar, ziyoratchilar va savdo karvonlari vositasi ila u yerga rizq-roʻz oqib kelar edi. Alloh taolo bu rizqlarni barakali qilib qoʻygan edi. Makka aholisi oʻzlarini boshqalardan ustun sezar edi. Ular berilgan neʼmatlarga shukr etish oʻrniga, Alloh taologa kufroni neʼmat qildilar. Buning ustiga, hammasidan ustun neʼmatni–Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklarini ham inkor etdilar.

«Bas, Alloh unga, qilgan ishlari uchun, ochlik va xavf kiyimini tottirdi.»

Yaʼni, qilgan noshukrchiliklari, keltirgan kufrlari uchun ularga ochlik va xavfni kiyim qilib kiygazib qoʻydi. Allohning amri bilan Makkaga yetti yil qahatchilik kelgani, uning aholisi oʻlimtiklar, tuyaning yungi va odatda yeb boʻlmaydigan boshqa narsalarni yeganlari hammaga maʼlum. Shunday qilib, Alloh ularni toʻqlikdan ochlikka chiqardi. Musulmonlar Madiynai Munavvaraga hijrat etib, oʻsha yerda oʻz jamiyatlarini qurganlaridan soʻng esa, ahli Makkadan xotirjamlik neʼmatini ham olib, ularni xavf-xatarda yashaydigan qilib qoʻydi. Ular, musulmonlar Makkani fath etish uchun kelib qolarmikan, degan xavfda yashardilar.