وَلَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌ مِّنْهُمْ فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَهُمْ ظَـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ularga o`zlaridan Payg`ambar keldi. Bas, ular uni yolg`onchiga chiqardilar. Keyin, zolim bo`lganlari uchun, ularni azob tutdi.Батаҳқиқ, уларга ўзларидан Пайғамбар келди. Бас, улар уни ёлғончига чиқардилар. Кейин, золим бўлганлари учун, уларни азоб тутди.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, ularga oʻzlaridan boʻlgan bir paygʻambar kelganida uni yolgʻonchi qilishgach, ularni zolim boʻlgan hollarida (Allohning) azobi ushladi.Дарҳақиқат, уларга ўзларидан бўлган бир пайғамбар келганида уни ёлғончи қилишгач, уларни золим бўлган ҳолларида (Аллоҳнинг) азоби ушлади.
Ularga oʻzlarining ichlarida tugʻilib oʻsgan, nasabini yaxshi bilishadigan, rostgoʻyligini, aminligini va halol-pokligini tajribadan oʻtkazishgan bir shaxs–Muhammad sollallohu alayhi vasallam Paygʻambar boʻlib keldi.
«Bas, ular uni yolgʻonchiga chiqardilar.»
Ahli Makka bu Paygʻambarga iymon keltirish, u bilan faxrlanish oʻrniga, uni yolgʻonchiga chiqardi, unga turli boʻhtonlar qildi va ozorlar berdi.
«Keyin, zolim boʻlganlari uchun, ularni azob tutdi.»
Iymonsiz, kofir boʻlib, gunoh va isyon qilganlari uchun, ularni azob tutdi.
Aslida, inson Alloh neʼmat berganidan soʻng oʻzini quyidagi oyat vasfiga mos tutishi lozim edi: