فَكُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَـٰلًا طَيِّبًا وَٱشْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar unga ibodat qiladigan bo`lsangiz, Allohning ne'matiga shukr qiling.Бас, Аллоҳ сизга ризқ қилиб берган нарсалардан ҳалол-пок ҳолида енг. Ва агар унга ибодат қиладиган бўлсангиз, Аллоҳнинг неъматига шукр қилинг.Alauddin Mansour: Bas, (ey moʻminlar), Alloh sizlarga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar va agar Allohga ibodat etguvchi boʻlsangizlar, U zotning neʼmatlariga shukr qilinglar!Бас, (эй мўминлар), Аллоҳ сизларга ризқ қилиб берган ҳалол-пок нарсалардан енглар ва агар Аллоҳга ибодат этгувчи бўлсангизлар, У зотнинг неъматларига шукр қилинглар!
Odam Alloh unga rizq qilib bergan halol-pok narsalarni yeyish bilan birga, Allohning neʼmatiga shukr ham etadi. Bu esa, Allohga ibodat qilish doirasiga kiradi. Shuning uchun ham, oyatda
«agar ibodat qiladigan boʻlsangiz», deyilmoqda.
Soʻngra, yeb boʻlmaydigan narsalar ham eslatib qoʻyilmoqda: