وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ ٱلْكَذِبَ هَـٰذَا حَلَـٰلٌ وَهَـٰذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga nisbatan yolg`on to`qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg`onni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg`on to`quvchilar najot topmaslar.Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиш учун тилларингиз васф қилган ёлғонни гапириб: «Бу ҳалол, бу ҳаром», деяверманглар. Албатта, Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқувчилар нажот топмаслар.Alauddin Mansour: Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqish uchun (yaʼni, Alloh buyurmagan hukmlarni Allohniki deyish uchun) tillaringizga kelgan yolgonni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar! Chunki Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqiydigan kimsalar hech najot topmaslar.Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиш учун (яъни, Аллоҳ буюрмаган ҳукмларни Аллоҳники дейиш учун) тилларингизга келган ёлгонни гапириб: «Бу ҳалол, бу ҳаром», деяверманглар! Чунки Аллоҳ шаънига ёлғон тўқийдиган кимсалар ҳеч нажот топмаслар.
Inson bandadir. U neʼmatni roziq Allohdan oladi. Shuning uchun, insonning halol yoki harom haqida hukm chiqarishga haqqi yoʻqdir. Kimki oʻzi haqsiz boʻlgan narsaga aralashib,
«Bu halol, bu harom», desa, Alloh taologa nisbatan yolgʻon toʻqigan boʻladi. Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiganlarga esa: