ٱدْعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِٱلْحِكْمَةِ وَٱلْمَوْعِظَةِ ٱلْحَسَنَةِ ۖ وَجَـٰدِلْهُم بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingning yo`liga hikmat va yaxshi mav'iza ila da'vat qil. Va ular ila go`zal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing O`z yo`lidan adashganlarni o`ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o`ta bilguvchidir.Роббингнинг йўлига ҳикмат ва яхши мавъиза ила даъват қил. Ва улар ила гўзал услубда мужодала эт. Албатта, Роббинг Ўз йўлидан адашганларни ўта билгувчи ва ҳидоят топгувчиларни ҳам ўта билгувчидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringizning yoʻli — diniga donolik, hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan daʼvat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng goʻzal yoʻlda mujodala — munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning Oʻzi Uning yoʻlidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilur va U zot hidoyat topguvchi kishilarni ham juda yaxshi bilur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингизнинг йўли — динига донолик, ҳикмат ва чиройли панд-насиҳат билан даъват қилинг! Улар (сиз билан талашиб-тортишадиган кимсалар) билан энг гўзал йўлда мужодала — мунозара қилинг! Албатта, Парвардигорингизнинг Ўзи Унинг йўлидан озган кимсаларни жуда яхши билур ва У зот ҳидоят топгувчи кишиларни ҳам жуда яхши билур.
Ushbu oyatda Alloh taolo Islom daʼvati, asoslari va uslublarini Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va u kishi orqali daʼvatchi ummatlariga bayon qilib bermoqda.
Avvalo:
«Robbingning yoʻliga...»
Yaʼni, daʼvat Allohning yoʻliga boʻlmogʻi kerak ekan. Baʼzi shaxslarga, guruhlarga, toifalarga emas, faqat xolis Allohning yoʻliga boʻlishi kerak.
Ikkinchidan:
«...hikmat...»
Demak, daʼvat hikmat bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda daʼvat qilinayotganlarning ijtimoiy, madaniy saviyasi va boshqa omillarni eʼtiborga olib, ogʻir kelmaydigan yoʻsinda daʼvat qilish lozim.
Uchinchidan:
«...va yaxshi mavʼiza ila daʼvat qil».
Shuningdek, daʼvat yaxshi mavʼiza orqali yoʻlga qoʻyilmogʻi kerak. Kishilarni qiziqtirish, ragʻbatlantirish uchun chiroyli soʻz va gaplarni topib gapirish zarur boʻladi. Ularni nafratlantirmaslik lozim.
Toʻrtinchidan:
«Va ular ila goʻzal uslubda mujodala et».
Har bir daʼvatchi kishilar bilan goʻzal uslubda munozara qilishi kerak. Allohning yoʻliga daʼvat, avvalo, fikriy harakatdir. Fikriy harakat bor joyda munozara boʻlishi turgan gap. Islom daʼvatchisi munozarani gʻoyatda goʻzal uslubda olib borishga tayyor boʻlishi kerak. U raqibi bilan talashib, tortishib, baqir- chaqir, urush-janjal etmasdan, raqibining tabʼiga yoʻl topib, unga qanoat hosil qildirib, oʻzi sezmagan holda Islomga moyil boʻlib qoladigan darajada ustalik bilan munozara olib borishi lozim.
Beshinchidan:
«Albatta, Robbing Oʻz yoʻlidan adashganlarni oʻta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham oʻta bilguvchidir».
Yaʼni, daʼvatchi oʻz vazifasi daʼvat qilish ekanini, hidoyat va zalolat Allohga bogʻliqligini hech qachon unutmasligi kerak.
Islomga daʼvatning asosiy qoidalari shulardan iborat. Gohida, hikmat va yaxshi mavʼiza ila Allohning yoʻliga chaqirayotgan daʼvatchilarga qarshi dushmanlik, tajovuzkorlik sodir boʻlishi ham mumkin. Unday paytda daʼvatchi oʻzini qanday tutishi lozimligi quyidagi oyatda bayon qilinadi.