QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят124

إِنَّمَا جُعِلَ ٱلسَّبْتُ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ ۚ وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shanba, faqat, u to`g`risida ixtilof qilganlar zimmasiga yuklandi, xolos. Albatta, Robbing qiyomat kunida ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.Шанба, фақат, у тўғрисида ихтилоф қилганлар зиммасига юкланди, холос. Албатта, Роббинг қиёмат кунида улар орасида ихтилоф қилган нарсалари ҳақида ҳукм чиқарур.Alauddin Mansour: «Shanba» (u kunni ulugʻlash) faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan kimsalarning (yaʼni, yahudiylarning) ustiga (farz) qilingandir. Albatta, Parvardigoringiz Qiyomat Kunida ularning oʻrtasida oʻzlari ixtilof qilib oʻtgan narsalar toʻgʻrisida hukm qilur.«Шанба» (у кунни улуғлаш) фақатгина у кун ҳақида ихтилоф қилган кимсаларнинг (яъни, яҳудийларнинг) устига (фарз) қилингандир. Албатта, Парвардигорингиз Қиёмат Кунида уларнинг ўртасида ўзлари ихтилоф қилиб ўтган нарсалар тўғрисида ҳукм қилур.

281-sahifa · 14-juz · 28-hizb281-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاfaqatфақатجُعِلَyuklandi (joriy etildi)юкланди (жорий этилди)ٱلسَّبْتُshanbaшанбаعَلَىzimmasigaзиммасигаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларٱخْتَلَفُوا۟ixtilof qilganlarихтилоф қилганларفِيهِ ۚu toʻgʻrisidaу тўғрисидаوَإِنَّva albattaва албаттаرَبَّكَRobbingРоббингلَيَحْكُمُalbatta hukm chiqarurалбатта ҳукм чиқарурبَيْنَهُمْular orasidaулар орасидаيَوْمَkunidaкунидаٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматفِيمَاnarsalari haqidaнарсалари ҳақидаكَانُوا۟ular edilarулар эдиларفِيهِu haqidaу ҳақидаيَخْتَلِفُونَixtilof qilarихтилоф қилар
TafsirТафсир

Yahudiylarga farz qilingan shanba kunini ulugʻlash ishi ham Ibrohim alayhissalomning millatlarida yoʻq narsa. Alloh uni yahudiylar ixtilof qilganlari uchun jazo sifatida joriy etgandir. Qiyomat kuni ixtilofli narsalari haqida Alloh taoloning Oʻzi ular orasida hukm chiqaradi.

Yaʼni, ularning qilmishlari yangi emas, avvalda ham boʻlgan. Shuning uchun, ularga eʼtibor bermasdan, oʻz ishingni qilaver.