وَأَلْقَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَأَنْهَـٰرًا وَسُبُلًا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot yer sizlarni tebratib yubormasligi uchun uning ustiga baland tog`larni tashlab qo`ydi. Anhorlaru yo`llarni ham. Shoyadki, to`g`ri yo`l topsangiz.У зот ер сизларни тебратиб юбормаслиги учун унинг устига баланд тоғларни ташлаб қўйди. Анҳорлару йўлларни ҳам. Шоядки, тўғри йўл топсангиз.Alauddin Mansour: U zot Yer sizlarni tebratmasligi uchun unda togʻlarni barpo qildi, (oʻzlaringiz uchun ichimlik boʻlishi hamda ekin-tikinlaringizni sugʻorishingiz uchun) daryolarni (oqizib qoʻydi) va (koʻzlagan manzillaringizga borishda) adashmasliklaringiz uchun yoʻllarni paydo qildi.У зот Ер сизларни тебратмаслиги учун унда тоғларни барпо қилди, (ўзларингиз учун ичимлик бўлиши ҳамда экин-тикинларингизни суғоришингиз учун) дарёларни (оқизиб қўйди) ва (кўзлаган манзилларингизга боришда) адашмасликларингиз учун йўлларни пайдо қилди.
Bu oyatda yer yuzidagi togʻlarning vazifasi bayon qilinmoqda:
«U zot yer sizlarni tebratib yubormasligi uchun uning ustiga baland togʻlarni tashlab qoʻydi».
Demak, baland togʻlar yerning muvozanatini saqlab turar ekan. Agar oʻsha togʻlarni Alloh taolo yer yuziga «tashlab» qoʻymasa, u tebranib turadigan boʻlar va odamlar unda yashay olmas ekanlar. Togʻlarning foydalari orasida faqatgina mana shu–yer muvozanatini ushlab turishining oʻzi fikr etilsayoq, ularning naqadar ulkan neʼmatligi bilinadi. Bu neʼmatni Allohdan boshqa kim ham bera oladi? Shuningdek, yer yuzidagi anhorlar va yoʻllar ham Alloh taoloning insonga bergan ulugʻ neʼmatlaridandir. Ularning manfaatlari ham juda koʻp. Ularni Alloh taolodan oʻzga kim ham beradi? Bu neʼmatlarga shukr qilish kerak. Ularni bergan Zotga hamdu sano aytish lozim. Unga iymon keltirib, ibodat qilish kerak.
«Shoyadki, toʻgʻri yoʻl topsangiz.»
Ushbu jumlani hissiy va maʼnaviy tomonlardan tushunish mumkin. «Mazkur yoʻllar ila koʻzlagan manzillaringizga toʻgʻri yoʻl topib borishingiz uchun» tarzida tushunish hissiy maʼnosi boʻlsa, «Oʻsha narsalarni oʻylab, tafakkur qilib, iymonga hidoyat topishingiz uchun» shaklida anglash maʼnaviy maʼnosi boʻladi.