QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят14

وَهُوَ ٱلَّذِى سَخَّرَ ٱلْبَحْرَ لِتَأْكُلُوا۟ مِنْهُ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُوا۟ مِنْهُ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا وَتَرَى ٱلْفُلْكَ مَوَاخِرَ فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U dengizni siz undan toza go`sht yeyishingiz, undan taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun, unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko`rasan, hamda Uning fazlini talab qilishingiz uchun xizmatkor qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.У денгизни сиз ундан тоза гўшт ейишингиз, ундан тақадиган тақинчоқлар чиқариб олишингиз учун, унда (сувни) ёриб кетаётган кемаларни кўрасан, ҳамда Унинг фазлини талаб қилишингиз учун хизматкор қилди. Шоядки, шукр келтирсангиз.Alauddin Mansour: U sizlar yangi goʻsht (yaʼni, baliq goʻshti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham boʻyinsundirib qoʻygan Zotdir. Siz unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni koʻrursiz. U zotning fazlu marhamatidan (rizqu roʻz) istashlaringiz va (bergan neʼmatlariga) shukr qilishingiz uchun (sizlarga dengizlarni boʻyinsundirib qoʻydi).У сизлар янги гўшт (яъни, балиқ гўшти) ейишларингиз ва тақадиган тақинчоқлар чиқариб олишларингиз учун (сизларга) денгизни ҳам бўйинсундириб қўйган Зотдир. Сиз унда (сувни) ёриб кетаётган кемаларни кўрурсиз. У зотнинг фазлу марҳаматидан (ризқу рўз) исташларингиз ва (берган неъматларига) шукр қилишингиз учун (сизларга денгизларни бўйинсундириб қўйди).

268-sahifa · 14-juz · 27-hizb268-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва Уٱلَّذِىoʻsha zotdirўша зотдирسَخَّرَxizmatkor qilganхизматкор қилганٱلْبَحْرَdengizniденгизниلِتَأْكُلُوا۟yeyishingiz uchunейишингиз учунمِنْهُundanунданلَحْمًۭاgoʻshtгўштطَرِيًّۭاtozaтозаوَتَسْتَخْرِجُوا۟va chiqarib olishingiz uchunва чиқариб олишингиз учунمِنْهُundanунданحِلْيَةًۭtaqinchoqlarтақинчоқларتَلْبَسُونَهَاuni taqasizlarуни тақасизларوَتَرَىva koʻrasanва кўрасанٱلْفُلْكَkemalarniкемаларниمَوَاخِرَ(suvni) yorib ketayotgan(сувни) ёриб кетаётганفِيهِundaундаوَلِتَبْتَغُوا۟va talab qilishingiz uchunва талаб қилишингиз учунمِن-dan-данفَضْلِهِۦuning fazliунинг фазлиوَلَعَلَّكُمْva shoyadkiва шоядкиتَشْكُرُونَshukr keltirsangizшукр келтирсангиз
TafsirТафсир

Alloh taoloning suvdagi neʼmatlari ham juda koʻpdir. Ushbu oyatda ulardan baʼzilari zikr qilinmoqda. Jumladan:

«...siz undan toza goʻsht yeyishingiz», deyilmoqda.

Suv hayvonlarining, xususan, baliq goʻshtining naqadar ajoyib neʼmat ekanini hamma yaxshi biladi. Oyatda «toza goʻsht», yaʼni yangi, eskirib qolmagan goʻsht, deb atalmoqda.

«...undan taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun...»

Dengizdan luʼlu, marjon, sadaf va shunga oʻxshash zeb-ziynat uchun taqiladigan qimmatbaho ashyolar olinadi.

«...unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni koʻrasan...»

Bu ham Allohning ulugʻ neʼmati. Quruqlikda ulov, naqliyot maʼnosida hayvonlar zikr qilingan boʻlsa, suvda kemalar esga olinmoqda. Kema markab—yuk tashish vositasi sifatida katta xizmatlarni bajaradi. Shu bilan birga, ularning suvni yorib ketib borishi oʻziga yarasha chiroy va goʻzallik kasb etadi. Bu goʻzallik insonlarga alohida zavq-shavq va surur bagʻishlaydi. Bu esa, moddiyatdan farqli oʻlaroq, maʼnaviy neʼmat hisoblanadi.

«...hamda Uning fazlini talab qilishingiz uchun xizmatkor qildi.»

Yaʼni, siz dengizdan mazkur narsalardan tashqari Allohning fazlini talab qilib, boshqacha manfaatlar ham axtarasiz, degan maqsadda uni sizga xizmatkor qilib qoʻydi.

«Shoyadki, shukr keltirsangiz.»

Shuncha neʼmatlardan foydalanib, shoyadki, ularni bergan Zotga shukr etsangiz. Unga iymon keltirib, ibodat qilsangiz.