QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят13

وَمَا ذَرَأَ لَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهُۥٓ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va siz uchun yerda turli rangda qilib yaratgan narsalarini ham (xizmatkor qildi). Albatta, bunda eslaydigan qavmlar uchun oyat-belgi bordir.Ва сиз учун ерда турли рангда қилиб яратган нарсаларини ҳам (хизматкор қилди). Албатта, бунда эслайдиган қавмлар учун оят-белги бордир.Alauddin Mansour: Yana U zot sizlar uchun Yerda yaratib qoʻygan rango-rang narsalarni (yaʼni, hayvonot va nabotot olamini, yer osti va yer usti boyliklarini ham sizlarga boʻyinsundirdi). Albatta, bu narsada ibrat-eslatma oladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.Яна У зот сизлар учун Ерда яратиб қўйган ранго-ранг нарсаларни (яъни, ҳайвонот ва наботот оламини, ер ости ва ер усти бойликларини ҳам сизларга бўйинсундирди). Албатта, бу нарсада ибрат-эслатма оладиган қавм учун оят-ибрат бордир.

268-sahifa · 14-juz · 27-hizb268-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva narsalarniва нарсаларниذَرَأَyaratib koʻpaytirganяратиб кўпайтирганلَكُمْsiz uchunсиз учунفِى-da-даٱلْأَرْضِyerерمُخْتَلِفًاturli qilibтурли қилибأَلْوَٰنُهُۥٓ ۗranglariранглариإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbuбуلَـَٔايَةًۭoyat-belgi bordirоят-белги бордирلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَذَّكَّرُونَeslaydiganэслайдиган
TafsirТафсир

Alloh taolo yer osti boyliklarini ham insonga ulugʻ neʼmat oʻlaroq berdi. Ranglari xilma-xil boʻlgan bu neʼmatlarning hammasi inson uchun beminnat xizmat qiladi. Oʻsha neʼmatlarni yer ostidan topib olgan baʼzi insonlargina bir-birlariga minnat qiladilar, xolos. Bu neʼmatlarning qadrini bilish uchun ularning barchasi yoki maʼlum qismi yoʻqolishini tasavvur etishning oʻzi kifoya. Xoʻsh, insonga bu neʼmatlarni beminnat bergan kim? Albatta, Alloh taoloning Oʻzi, Undan boshqa hech kim bunga qodir emas. Faqat Alloh taologina yer ostidagi son-sanoqsiz, biri tamom boʻlganda ikkinchisi chiqadigan neʼmatlarni insonga beminnat ato etgandir.

«Albatta, bunda eslaydigan qavmlar uchun oyat-belgi bordir.»

Ha, bu belgini faqat esi bor eslovchilargina anglaydilar. Ular bu belgi orqali Alloh taoloni taniydilar. Alloh taolo bergan neʼmatlar uchun shukr etadilar, hamdu sano aytadilar. Unga iymon keltirib, ibodat qiladilar. Eslamaydigan esi yoʻqlar esa, oʻsha belgilarni mutlaqo tushunmaydilar. Binobarin, ular orqali Allohni taniy olmaydilar ham. Ular bu dunyodan essiz, noshukr, kofir va osiy hollarida oʻtadilar.

Alloh taolo oʻtgan oyatlarda insonga bergan yer ustidagi, havodagi va yer ostidagi neʼmatlarini zikr qildi. Kelasi oyatida dengizdagi–suvdagi neʼmatlarini eslatadi: