وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ وَٱلنُّجُومُ مُسَخَّرَٰتٌۢ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizga kechaniyu kunduzni, quyoshniyu oyni xizmatkor qildi. Yulduzlar Uning amri ila xizmatkordir. Albatta, bunda aql yuritguvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.У сизга кечанию кундузни, қуёшнию ойни хизматкор қилди. Юлдузлар Унинг амри ила хизматкордир. Албатта, бунда ақл юритгувчи қавмлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: U zot sizlar (bekamu koʻst hayot kechirishingiz uchun) kecha va kunduzni, quyosh va oyni (bir tartibga solib) boʻysundirib qoʻydi. (Barcha) yulduz — sayyoralar ham Uning amriga boʻyinsundirilgandir. Albatta, bu narsada aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.У зот сизлар (бекаму кўст ҳаёт кечиришингиз учун) кеча ва кундузни, қуёш ва ойни (бир тартибга солиб) бўйсундириб қўйди. (Барча) юлдуз — сайёралар ҳам Унинг амрига бўйинсундирилгандир. Албатта, бу нарсада ақл юргизадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Bu oyatda zikri kelgan narsalar ham Allohning buyuk neʼmatlaridir. Masalan, kecha bilan kunduzning qanchalik ulugʻ neʼmatlar ekanini anglab yetish uchun ikkovidan biri yoʻq boʻlishini tasavvur qilishning oʻzi kifoya. Kechasiz yoki kunduzsiz qanday hayot boʻlishi mumkin? Tun bir oz uzun kechadigan joylarda faqat yoritishning oʻzi uchun qanchadan-qancha mablagʻ ketadi. Alloh taolo esa, butun dunyoni yorituvchi va isituvchi manbani insonlarga doimiy, bepul va beminnat xizmatkor qilib qoʻydi. Zotan, kecha bilan kunduz faqat yorugʻlik va qorongʻulik, insonning uxlashi yoki harakatda boʻlishi uchun xizmat qilmaydi. Balki, ular butun borliqqa taʼsir oʻtkazadilar, ular boʻlmasa, dunyo oʻzgarib ketishi mumkin. Buni tasavvur qilish uchun kecha bilan kunduzning almashishi nisbatan choʻziladigan shimoliy va janubiy qutbdagi holatga nazar tashlashning oʻzi yetarli boʻladi.
«U sizga kechaniyu kunduzni, quyoshniyu oyni xizmatkor qildi.»
Alloh taolo kechayu kunduzni insonga xizmatkor qilib qoʻyibdi. Ular tinimsiz almashib, vazifalarini ado etib turibdi. Oʻzlariga yuklatilgan vazifani soʻzsiz bajarmoqdalar. Bu holat Allohning ulugʻ neʼmati. Inson buni ham oʻzi qila bilmaydi. Boshqa biror kuch yoki shaxs ham insonga buni qilib bera olmaydi. Bunga faqat Alloh taologina qodir.
Shuningdek, Alloh taolo insonga quyosh va oyni xizmatkor qilib qoʻydi.
Oʻzingiz bir oʻylab koʻring: xoʻsh, quyosh yoki oy boʻlmasa, yer yuzida hayot boʻlishi mumkinmi?!
«Yulduzlar Uning amri ila xizmatkordir.»
Yulduzlarni insonga beminnat xizmatkor etib qoʻygan kim? Insonning oʻzi yoki boshqa biror kuch yoxud shaxs bu ishni qila oladimi? Yoʻq! Faqat Allohning Oʻzigina qudratli Zotdir.
«Albatta, bunda aql yuritguvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.»
Ha, bu belgilarni faqat aql yurituvchilargina anglab yetadilar. Ular oʻsha belgilar tufayli biru bor, munʼimu qodir Allohni taniydilar. Unga shukr qiladilar, hamdu sano aytadilar hamda iymon keltirib, ibodat qiladilar.
Aql yuritmaydiganlar esa, bu belgilarni tushunmaydilar. Ular orqali Allohni ham tanimaydilar. Bu dunyodan noshukr, kofir va osiy hollarida oʻtib ketadilar.
Allohning osmondagi neʼmatlari zikridan soʻng, inson uchun yer ostida ham turli neʼmatlar borligi haqida xabar beruvchi oyat keladi: