يُنۢبِتُ لَكُم بِهِ ٱلزَّرْعَ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلنَّخِيلَ وَٱلْأَعْنَـٰبَ وَمِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U o`sha (suv) ila sizga ekinlarni, zaytunni, xurmolarni, uzumlarni va turli mevalarni o`stirur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.У ўша (сув) ила сизга экинларни, зайтунни, хурмоларни, узумларни ва турли меваларни ўстирур. Албатта, бунда тафаккур қиладиган қавмлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: U zot sizlar uchun oʻsha (suv) yordamida (turli) ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirib-oʻstirur. Albatta, bu narsada (yaʼni, bir xil suv yordamida rangu roʻyi, taʼmu lazzati boshqa-boshqa boʻlgan meva-chevalarning unib-oʻsishida) tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.У зот сизлар учун ўша (сув) ёрдамида (турли) экинларни, зайтун, хурмо, узум ва барча меваларни ундириб-ўстирур. Албатта, бу нарсада (яъни, бир хил сув ёрдамида рангу рўйи, таъму лаззати бошқа-бошқа бўлган мева-чеваларнинг униб-ўсишида) тафаккур қиладиган қавм учун оят-ибрат бордир.
Alloh taolo oʻsha suv bilan odamlarga ziroat ekinlarini, zaytun, xurmo, uzum va turli mevalarni oʻstirib beradi.
Oyatda Alloh insonga bergan neʼmatlaridan yana bir toifasi, yaʼni ziroat ekinlari va meva-chevalarning zikri kelmoqda. Bu oʻrinda ushbu oyatlar nozil boʻlgan joyda — Arabiston yarim orolida eng koʻp uchraydigan mevalardan zaytun, xurmo va uzum alohida eslatilmoqda.
«U oʻsha (suv) ila sizga ekinlarni, zaytunni, xurmolarni, uzumlarni va turli mevalarni oʻstirur.»
Bu neʼmatlarsiz insonning tirikchiligi oson boʻlmaydi. Albatta, ularni insonning oʻzi oʻz qoʻli bilan paydo qila bilmaydi. Boshqa biror kuch yoki shaxs ham yaratib bera olmaydi. Bunga faqat yolgʻiz Alloh taologina qodir. Shuning uchun, inson oʻziga bu neʼmatlarni bergan Allohga hamdu sano aytib, shukr qilib, unga iymon keltirib, ibodat etib yashamogʻi lozim. Shuning uchun ham, Allohning insonga bergan turli neʼmatlari haqidagi xabarlar soʻngida:
«Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir», deyilmoqda.
Ha, bu neʼmatlarning qadriga yetish uchun tafakkur qilmoq kerak. Tafakkur qilmaganlar, fikrsiz hayvonlarga oʻxshab, bu dunyoga yeb-ichish uchun kelgandek yuraveradilar. Tafakkur egalari esa, bu neʼmatlar manbaini, inson bekorga inson boʻlmaganini, uning yer yuzida yeb-ichish, ayshu ishratdan oʻzga ham ishi borligini anglab yetadi. Bu neʼmatlarni berguvchi zotga–Allohga shukr etadi, hamdu sano aytadi, iymon keltirib, ibodat qiladi.
Endigi oyatlar majmuida ham Allohning qudratiga, neʼmat beruvchi Zot ekaniga dalolat qiluvchi bir qancha belgilar aytiladi: