QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят84

وَيَوْمَ نَبْعَثُ مِن كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا ثُمَّ لَا يُؤْذَنُ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda barcha ummatlardan guvoh keltirurmiz, so`ngra, kufr keltirganlarga (uzr uchun) izn ham berilmas va ular itobga ham qaytarilmaslar.У кунда барча умматлардан гувоҳ келтирурмиз, сўнгра, куфр келтирганларга (узр учун) изн ҳам берилмас ва улар итобга ҳам қайтарилмаслар.Alauddin Mansour: (Qiyomat) kuni har bir ummatdan bir guvohni (yaʼni, oʻsha ummatning paygʻambarini) keltirib qoʻyurmiz. Soʻngra (endi) kofir boʻlgan kimsalarga (tavba-tazarruʼ qilish uchun) izn berilmas hamda ulardan (Alloh rozi boʻladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.(Қиёмат) куни ҳар бир умматдан бир гувоҳни (яъни, ўша умматнинг пайғамбарини) келтириб қўюрмиз. Сўнгра (энди) кофир бўлган кимсаларга (тавба-тазарруъ қилиш учун) изн берилмас ҳамда улардан (Аллоҳ рози бўладиган амалларга) қайтиш ҳам талаб қилинмас.

276-sahifa · 14-juz · 28-hizb276-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَوْمَva kunimizdaва кунимиздаنَبْعَثُkeltirurmizкелтирурмизمِن-dan-данكُلِّhar birҳар бирأُمَّةٍۢummatdanумматданشَهِيدًۭاguvohгувоҳثُمَّsoʻngraсўнграلَاemasэмасيُؤْذَنُizn berilurизн берилурلِلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيُسْتَعْتَبُونَitobga qaytarilurlarитобга қайтарилурлар
TafsirТафсир

Bu ish qiyomat kuni boʻlib, unda Alloh taolo oʻtgan ummatlardan har biriga oʻzining Paygʻambarini guvoh qilib keltiradi. Shuning uchun ham, oyatda qiyomat kuni:

«...barcha ummatlardan guvoh keltirurmiz...» deb taʼkidlanmoqda.

Oʻsha kuni har bir Paygʻambar oʻz ummati uchun guvohlik beradi. Ey Robbim, men ularga Sening taʼlimotlaringni yetkazdim, ular unday yoki bunday qildilar, deb hammasini ochiq aytadi. Koʻpchilik oldida hamma narsa ayon boʻladi. Sharmandasi chiqqan kofirlar uzr aytmoqchi boʻladilar.

«...soʻngra, kufr keltirganlarga (uzr uchun) izn ham berilmas.»

Chunki, endi vaqt oʻtgan edi. Hamma narsaning vaqti bor. Keltirgan kufrlari, qilgan gunohlari uchun endi ularga uzr aytishga izn emas, itob boʻlur. Ular Alloh taoloni rozi qilish uchun endi har qancha harakat qilsalar ham,

«...ular itobga ham qaytarilmaslar».

Ushbu jumlani tafsir qilishdan oldin bir oz lugʻaviy bahs yuritishimizga toʻgʻri keladi. Aytish mumkin boʻlsa, ushbu jumlani shartli tarjima qilindi. Qurʼoni Karim lafzi ila ushbu shartli tarjima qilingan jumla «yustaʼtabun», deb kelgan. Bu soʻzni arab tili allomalari ham uzundan-uzoq bayon qilishga majbur boʻladilar.

Bir odam boshqa birovning oldida aybdor boʻlib qoldi. Haq egasi oldida aybiga iqror boʻldi. Shunda u istiʼtob qiladi. Yaʼni, haq egasiga, meni xohlaganingizcha itob qiling. Keyin menga imkon bering, oʻsha aybdor boʻlgan ishim boʻyicha sizni rozi etadigan amal qilay, deydi.

Ushbu oyati karimada ham doʻzaxiylar qiyomatda Alloh taolodan istiʼtob soʻrashlari, yaʼni, qilgan gunohlari uchun itob qilib, soʻngra, ularni hayoti dunyoga qaytarishini va ularga amali solih qilib, Oʻzining roziligini topishlariga imkon berishini soʻrashlari, ammo ularga bu imkoniyat berilmasligi haqida soʻz ketmoqda.

Xuddi shu maʼnodagi oyati karimalar quyidagi suralarda ham bor: «Rum» surasida–57-oyat, «Fussilat» surasida–24-oyat va «Josiya» surasida–35-oyat.

Ular oʻzlari ayblanayotgan ishni toʻgʻrilab, Allohni rozi qilishni juda xohlaydilar. Shuning uchun ham, boʻlib oʻtgan ishlar uchun bizni itob qilinsin. Soʻng u dunyoga qaytib, itob qilingan ishimiz boʻyicha Allohni rozi qiladigan amali solih qilishimizga imkon berilsin, deb soʻraydilar. Lekin ularga endi bu imkoniyat berilmaydi.

Chunki: