وَإِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلْعَذَابَ فَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zulm qilganlar azobni ko`rgan vaqtlarida, ulardan u yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas.Зулм қилганлар азобни кўрган вақтларида, улардан у енгиллатилмас ва уларга муҳлат ҳам берилмас.Alauddin Mansour: Zolim (kofir) boʻlgan kimsalar azobni koʻrgan vaqtlarida (yaʼni, Qiyomat Kunida) ulardan (u azob) yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas (yaʼni, barcha yaxshi amallarni hayot vaqtlarida oʻz ixtiyorlari bilan qilgan kishilargina savob olurlar).Золим (кофир) бўлган кимсалар азобни кўрган вақтларида (яъни, Қиёмат Кунида) улардан (у азоб) енгиллатилмас ва уларга муҳлат ҳам берилмас (яъни, барча яхши амалларни ҳаёт вақтларида ўз ихтиёрлари билан қилган кишиларгина савоб олурлар).
Alloh taoloning hukmi chiqib, kofirlarga jahannam azobi koʻrsatilgach, ish tamom boʻladi. Endi ularga beriladigan azob zarracha yengillatilmaydi. Aksincha, borgan sari ogʻirlashib boraveradi. Shuningdek, kofirlarga oʻzlarini oʻnglab olish uchun muhlat ham berilmaydi.