وَإِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ شُرَكَآءَهُمْ قَالُوا۟ رَبَّنَا هَـٰٓؤُلَآءِ شُرَكَآؤُنَا ٱلَّذِينَ كُنَّا نَدْعُوا۟ مِن دُونِكَ ۖ فَأَلْقَوْا۟ إِلَيْهِمُ ٱلْقَوْلَ إِنَّكُمْ لَكَـٰذِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va shirk keltirganlar o`zlarining «sherik»larini ko`rgan chog`larida: «Ey Robbimiz, anavilar bizning Sendan o`zga ibodat qilgan «sherik»larimiz», derlar. Bas, u(sherik)lar bularga: «Albatta, sizlar yolg`onchidirsizlar», deb so`z tashlarlar.Ва ширк келтирганлар ўзларининг «шерик»ларини кўрган чоғларида: «Эй Роббимиз, анавилар бизнинг Сендан ўзга ибодат қилган «шерик»ларимиз», дерлар. Бас, у(шерик)лар буларга: «Албатта, сизлар ёлғончидирсизлар», деб сўз ташларлар.Alauddin Mansour: (U kunda) mushrik boʻlgan kimsalar oʻzlarining butlarini koʻrgan vaqtlarida: «Parvardigoro, bizlar Seni qoʻyib, anavi butlarimizga iltijo qilar edik», deganlarida, u (butlar bunga javoban): «Sizlar, shak-shubhasiz, yolgʻonchidirsizlar», deb gap qotarlar.(У кунда) мушрик бўлган кимсалар ўзларининг бутларини кўрган вақтларида: «Парвардигоро, бизлар Сени қўйиб, анави бутларимизга илтижо қилар эдик», деганларида, у (бутлар бунга жавобан): «Сизлар, шак-шубҳасиз, ёлғончидирсизлар», деб гап қотарлар.
Bu hol ham qiyomatning koʻrinishlaridan bir koʻrinishdir. Bu dunyoda zalolatga ketib, Allohdan boshqani iloh deb eʼtiqod etgan, oʻshanga ibodat qilib, yaratganga shirk keltirganlar qiyomat kuni hamma bilan bir qatorda mahshargohga yigʻiladilar. Hamma ish tamom boʻlganini tushunib yetganlaridan soʻng, oʻzlarini bir oz boʻlsa ham oqlashga urinadilar.
«...shirk keltirganlar oʻzlarining «sherik»larini koʻrgan chogʻlarida: «Ey Robbimiz, anavilar bizning Sendan oʻzga ibodat qilgan «sherik»larimiz», derlar.»
Shu tarzda ular ayblarini oʻsha «sherik»lariga agʻdarmoqchi boʻladilar. Bu dunyoda Allohni tan olmasdan, qiyomat qoim boʻlganda Allohga «Ey Robbimiz» deb murojaat etadigan, iltijo qiladigan boʻlib qolibdilar. Avvallar boshqani «robbimiz» deb yurganlar endi oʻsha «robbilari»ni «anavilar» deydigan boʻlib qolishibdi. Oʻsha «anavilar» ularni adashtirib, oʻziga ibodat qildirganligini aytib oʻzlarini oqlamoqchi boʻldilar.
«U(sherik)lar bularga: «Albatta, sizlar yolgʻonchidirsizlar», deb soʻz tashlarlar.»
Vaholanki, hech kim oʻz aybini birovga agʻdarib qutulib keta olmaydi. Qiyomatda hamma oʻzi uchun oʻzi javob beradi.