QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят87

وَأَلْقَوْا۟ إِلَى ٱللَّهِ يَوْمَئِذٍ ٱلسَّلَمَ ۖ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shal kunda u(mushrik)lar Allohga taslim bo`lurlar va uydirib yurgan narsalari botil bo`lur.Ўшал кунда у(мушрик)лар Аллоҳга таслим бўлурлар ва уйдириб юрган нарсалари ботил бўлур.Alauddin Mansour: Ular u Kunda yolgʻiz Allohga boʻyinsunurlar, oʻzlari toʻqib olgan «xudo»lari esa ulardan gʻoyib boʻlur.Улар у Кунда ёлғиз Аллоҳга бўйинсунурлар, ўзлари тўқиб олган «худо»лари эса улардан ғойиб бўлур.

276-sahifa · 14-juz · 28-hizb276-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَلْقَوْا۟va topshirurlarва топширурларإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаيَوْمَئِذٍoʻshal kundaўшал кундаٱلسَّلَمَ ۖtaslimniтаслимниوَضَلَّva botil boʻlurва ботил бўлурعَنْهُمulardanуларданمَّاnarsalariнарсалариكَانُوا۟edilarэдиларيَفْتَرُونَuydirib yurganуйдириб юрган
TafsirТафсир

Qiyomat kunida noiloj qolgan mushriklar Alloh taologa taslim boʻladilar. Bu dunyoda mutakabbirlik bilan Allohni inkor etib yurganlariga pushaymon qiladilar.

«...va uydirib yurgan narsalari botil boʻlur.»

Oxiratda butu sanamlarimiz bizga shafoatchi boʻladi, deya oʻzlaricha toʻqib chiqargan umidlari botil boʻladi.