ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ زِدْنَـٰهُمْ عَذَابًا فَوْقَ ٱلْعَذَابِ بِمَا كَانُوا۟ يُفْسِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirgan va Allohning yo`lidan to`sganlarga fasod qilganlari uchun azob ustiga azob ziyoda qildik.Куфр келтирган ва Аллоҳнинг йўлидан тўсганларга фасод қилганлари учун азоб устига азоб зиёда қилдик.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan va (odamlarni) Alloh yoʻlidan toʻsgan kimsalarga buzgʻunchilik qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz.Кофир бўлган ва (одамларни) Аллоҳ йўлидан тўсган кимсаларга бузғунчилик қилганликлари сабабли азоб устига азобни зиёда қилурмиз.
Oʻzi kofir boʻla turib, boshqalarni Allohning yoʻlidan toʻsgan odamlar beshbattar buzgʻunchilik qilgan boʻladilar. Chunki, kofirlikning oʻzi eng yomon fasoddir. Odamlarni Allohning dinidan toʻsish undan ham yomonroq fasod sanaladi. Shu qilmishlari uchun ularga:
«...azob ustiga azob ziyoda qildik».
Kofirliklari uchun bir azob berilsa, odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsganlari uchun azobi yanada ziyoda qilinadi. Mazkur hukmlar hamma qavmlar uchun umumiydir. Ammo Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u kishining qavmlariga alohida muomala boʻladi. Buni quyida u zot sollallohu alayhi vasallamga qilinayotgan xitobdan bilib olamiz: