QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят89

وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِى كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا عَلَيْهِم مِّنْ أَنفُسِهِمْ ۖ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَىٰ هَـٰٓؤُلَآءِ ۚ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ تِبْيَـٰنًا لِّكُلِّ شَىْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir ummatga o`zidan guvoh olib kelgan kunimizda seni anavilarga (ummatingga) guvoh qilib keltiramiz. Senga Kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik.Ҳар бир умматга ўзидан гувоҳ олиб келган кунимизда сени анавиларга (умматингга) гувоҳ қилиб келтирамиз. Сенга Китобни ҳар бир нарсани баён қилувчи этиб, мусулмонларга ҳидоят, раҳмат ва хушхабар қилиб нозил этдик.Alauddin Mansour: (Qiyomat Kuni) har bir ummat orasidan oʻzlaridan boʻlgan bir guvohni (yaʼni, paygʻambarni) keltirurmiz. Sizni esa (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ana u (oʻz ummatingizga) guvoh qilib keltirdik va sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun xushxabar boʻlgan Kitobni — Qurʼonni nozil qildik.(Қиёмат Куни) ҳар бир уммат орасидан ўзларидан бўлган бир гувоҳни (яъни, пайғамбарни) келтирурмиз. Сизни эса (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ана у (ўз умматингизга) гувоҳ қилиб келтирдик ва сизга ҳамма нарсани баён қилиб берувчи, ҳидоят, раҳмат ва мусулмонлар учун хушхабар бўлган Китобни — Қуръонни нозил қилдик.

277-sahifa · 14-juz · 28-hizb277-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَوْمَva kundaва кундаنَبْعَثُBiz keltiramiz (tiriltiramiz)Биз келтирамиз (тирилтирамиз)فِىichidaичидаكُلِّhar birҳар бирأُمَّةٍۢummatgaумматгаشَهِيدًاguvohгувоҳعَلَيْهِمularning ustidanуларнинг устиданمِّنْ-dan-данأَنفُسِهِمْ ۖoʻzlaridanўзлариданوَجِئْنَاva keltiramizва келтирамизبِكَseniсениشَهِيدًاguvoh qilibгувоҳ қилибعَلَىٰustidanустиданهَـٰٓؤُلَآءِ ۚanavilarga (ummatingga)анавиларга (умматингга)وَنَزَّلْنَاva nozil etdikва нозил этдикعَلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниتِبْيَـٰنًۭاbayon qiluvchi etibбаён қилувчи этибلِّكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaniнарсаниوَهُدًۭىva hidoyatва ҳидоятوَرَحْمَةًۭva rahmatва раҳматوَبُشْرَىٰva xushxabarва хушхабарلِلْمُسْلِمِينَmusulmonlargaмусулмонларга
TafsirТафсир

Yaʼni, qiyomat kuni har bir ummatga oʻz Paygʻambarini guvoh etganimizdek, seni ham ummatingga guvoh qilib keltiramiz. Senga Qurʼoni Karimni nozil qilishdan maqsad har bir narsani bayon qilib berishdir. Oʻsha kitobdan boshqa biron narsa toʻgʻri bayonotni bera olmaydi. Shu bilan birga, Qurʼon musulmonlar uchun hidoyatdir. Ularni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi hidoyat mayogʻidir. Yana, Qurʼon moʻminlar uchun Allohning rahmatidir. Va nihoyat, Qurʼoni Karim moʻminlar uchun xushxabardir, ularga iymonlari orqasidan keladigan yaxshiliklar xushxabarini beradi.

Kelasi oyatlarda oʻsha bayonotlar, hidoyat, rahmat va xushxabarlardan baʼzi namunalar keltiriladi: