۞ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُ بِٱلْعَدْلِ وَٱلْإِحْسَـٰنِ وَإِيتَآئِ ذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَيَنْهَىٰ عَنِ ٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ وَٱلْبَغْىِ ۚ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar (ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur. U sizlarga va'z qilur. Shoyadki, eslasangiz.Албатта, Аллоҳ адолатга, эҳсонга, қариндошларга яхшилик қилишга амр этадир ва фаҳшу мункар (ишлардан) ҳамда зулмкорликдан қайтарур. У сизларга ваъз қилур. Шоядки, эсласангиз.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zoʻravonliklardan qaytarur. U zot shoyad ibrat-eslatma olarsizlar, deb sizlarga pand-nasihat qilur.Албатта, Аллоҳ адолатга, чиройли амаллар қилишга ва қавм-қариндошга яхшилик қилишга буюрур ҳамда бузуқлик, ёмон ишлар ва зўравонликлардан қайтарур. У зот шояд ибрат-эслатма оларсизлар, деб сизларга панд-насиҳат қилур.
«Mufassirlar shohi» laqabini olgan Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u kishi: «Qurʼondagi eng jamlovchi oyat shu oyatdir. Ergashiladigan yaxshilikni ham, chetlanishi lozim boʻlgan yomonlikni ham jamlab zikr qilgan», deganlar.
Albatta, Alloh:
«Adolatga» amr etadi.
Alloh buyurgan adolat–islomiy mutloq adolatdir. Bu adolatga koʻra, har bir shaxs, jamoat va har bir qavmga odilona muomalada boʻlinadi. Unda havoyi nafsga, doʻstlik yoki dushmanlikka, nasabga, qudachilik yoki qarindoshlikka, boylik yoki kambagʻallikka, kuchlilik yoki zaiflikka qarab muomala qilinmaydi. Hamma uchun oʻlchov bir.
«Ehsonga» amr etadi.
Ehson soʻzi yaxshilik qilish maʼnosini anglatadi. Islomda ehsonning eshigi keng ochilgan. Qatʼiy adolat yuzasidan hukm chiqqandan soʻng, birov yaxshilik qilish niyatida oʻz haqidan kechib, boshqaga berishi mumkin. Kimki yor-birodarlari yoki boshqa insonlarga yaxshilik qilsa, juda yaxshi, savoblari koʻpaytirib beriladi.
«...qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir...»
Boshqalarga yaxshilik qilish ichida, ayniqsa, qarindoshlarga yaxshilik etish alohida oʻrin tutadi.Chunki, ularning ham qarindoshlik, ham insonlik haqlari bor.
«...va fahshu munkar(ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur.»
«Fahsh» soʻzining lugʻaviy maʼnosi haddan oshishlikdir. Lekin urfda kishilar nomusiga taalluqli jinoyatlar tushuniladi.
«Munkar» deganda, insonning sof tabiati inkor qiladigan ishlar koʻzda tutiladi. Buni, albatta, shariat ham inkor etadi.
«Zulmkorlik» esa, haqqa tajovuz qilish va adolatni buzishdir.
Shu narsalar ila:
«U sizlarga vaʼz qilur. Shoyadki, eslasangiz».
Darhaqiqat, bular eslashga arzigulik vaʼz-nasihatdir.