QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят91

وَأَوْفُوا۟ بِعَهْدِ ٱللَّهِ إِذَا عَـٰهَدتُّمْ وَلَا تَنقُضُوا۟ ٱلْأَيْمَـٰنَ بَعْدَ تَوْكِيدِهَا وَقَدْ جَعَلْتُمُ ٱللَّهَ عَلَيْكُمْ كَفِيلًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling. Qasamlarni ta'kid qilinganidan so`ng buzmang. Batahqiq, Allohni o`zingizga kafil qilgansiz-a! Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur.Агар аҳдлашсангиз, Аллоҳнинг аҳдига вафо қилинг. Қасамларни таъкид қилинганидан сўнг бузманг. Батаҳқиқ, Аллоҳни ўзингизга кафил қилгансиз-а! Албатта, Аллоҳ нима қилаётганингизни билур.Alauddin Mansour: Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda, Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz! Allohni kafil qilib ichgan qasamlaringizni (Alloh nomini zikr etish bilan) mustahkam qilganingizdan keyin buzmangiz! Albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizni bilur.Аҳд-паймон берган вақтларингизда, Аллоҳга берган аҳдингизга вафо қилингиз! Аллоҳни кафил қилиб ичган қасамларингизни (Аллоҳ номини зикр этиш билан) мустаҳкам қилганингиздан кейин бузмангиз! Албатта, Аллоҳ қилаётган ишларингизни билур.

277-sahifa · 14-juz · 28-hizb277-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَوْفُوا۟va vafo qilingва вафо қилингبِعَهْدِahdigaаҳдигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингإِذَاqachonki (agar)қачонки (агар)عَـٰهَدتُّمْahdlashsangizаҳдлашсангизوَلَاva emasва эмасتَنقُضُوا۟buzmangбузмангٱلْأَيْمَـٰنَqasamlarniқасамларниبَعْدَsoʻngсўнгتَوْكِيدِهَاtaʼkid qilinganidanтаъкид қилинганиданوَقَدْva batahqiqва батаҳқиқجَعَلْتُمُqilgansizқилгансизٱللَّهَAllohniАллоҳниعَلَيْكُمْoʻzingizgaўзингизгаكَفِيلًا ۚkafilкафилإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَعْلَمُbilurбилурمَاnimaнимаتَفْعَلُونَqilayotganingizniқилаётганингизни
TafsirТафсир

Oyati karimadagi «Allohning ahdi» birikmasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilingan bayʼatni oʻz ichiga oladi. U, Alloh buyurgan har bir yaxshi amalni qilish uchun berilgan ahdni ifoda etadi. Bu haqida oʻtgan suralardagi xuddi shu maʼnoda kelgan oyatlar tafsirida mufassal soʻz yuritilgan edi. Ahdga vafo qilish ayrim shaxslar, turli jamoalar, davlatlar va nihoyat, insonlar bilan jamiyat orasidagi oʻzaro ishonchni ushlab turadi. Bu orqali ular oʻzaro birlashib turadi. Agar, Xudo koʻrsatmasin, ahdga vafo qilish yoʻqolsa, ishonch ketadi. Shuning uchun ham, Qurʼoni Karimda bunga alohida ahamiyat berib:

«Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling», deyiladi.

Demak, ahdga vafo qilishlik musulmon inson uchun juda ham muhim ish. Har qanday ahd uning uchun Alloh taologa berilgan ahdga aylanib qoladi. Shuning uchun, musulmon inson Allohga bergan ahdiga qandoq ahamiyat ila qarasa, bandaga bergan ahdiga ham shundoq ahamit ila qaramogʻi lozim.

«Qasamlarni taʼkid qilinganidan soʻng buzmang.»

Siz ahdlashayotib, uni taʼkidlash uchun Allohning nomi ila qasam ichgansiz, siz qasamxoʻr boʻlib qolmang. Siz ahdlashayotib, qasam ichish ila:

«Batahqiq, Allohni oʻzingizga kafil qilgansiz-a!»

Ha, oʻsha bayʼatga, ahdnomaga, oʻzingiz tuzgan hujjatga taʼkid boʻlishi uchun Allohning nomini qoʻshish ila oʻzingizga Allohni kafil, shohid–guvoh qilib olgansiz-a! Siz qasam ichib, ahdlashib qoʻyib, yana bilganimni qilaveraman, kim bilib oʻtiribdi, deb oʻylamang.

«Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur.»

Hamda oʻsha bilimi asosida jazoingizni berur.

Ahdga vafo qilish juda muhim masala boʻlganidan, uni kishilarga yanada chuqurroq tushuntirish maqsadida kelasi oyati karimada zarbulmasal ham keltiriladi: