QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят92

وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّتِى نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِنۢ بَعْدِ قُوَّةٍ أَنكَـٰثًا تَتَّخِذُونَ أَيْمَـٰنَكُمْ دَخَلًۢا بَيْنَكُمْ أَن تَكُونَ أُمَّةٌ هِىَ أَرْبَىٰ مِنْ أُمَّةٍ ۚ إِنَّمَا يَبْلُوكُمُ ٱللَّهُ بِهِۦ ۚ وَلَيُبَيِّنَنَّ لَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ مَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: To`qigani kuchli bo`lgandan so`ng uni so`kib yuborgan xotinga o`xshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq bo`lgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang. Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamoqda, xolos. Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur.Тўқигани кучли бўлгандан сўнг уни сўкиб юборган хотинга ўхшаб, бир уммат бошқа умматдан зиёдроқ бўлгани учун, қасамларингизни орангизга алдов воситаси қилиб олманг. Албатта, бу билан сизни Аллоҳ синамоқда, холос. Албатта, У қиёмат куни нима ҳақида ихтилоф қилганингизни баён қилиб берур.Alauddin Mansour: Va sizlar bir millat boshqa bir millatdan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq boʻlgani uchun qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan (yaʼni, boshqa boyroq va kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamingizdan kechib ketaverishingiz bilan) xuddi oʻzi toʻqigan narsasini pishiq-puxta boʻlganidan soʻng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotinga oʻxshab qolmangiz! Albatta, Alloh bu (ahdga vafo qilishga buyurish) bilan sizlarni imtihon qilur va albatta, Qiyomat Kunida sizlarga ixtilof qilib oʻtgan narsalaringizni bayon qilib berur.Ва сизлар бир миллат бошқа бир миллатдан (сон ё бойлик жиҳатидан) ортиқроқ бўлгани учун қасамларингизни (бузиб) алдов воситаси қилишингиз билан (яъни, бошқа бойроқ ва кучлироқ қавмни топсангиз, аввалги қасамингиздан кечиб кетаверишингиз билан) худди ўзи тўқиган нарсасини пишиқ-пухта бўлганидан сўнг парча-парча қилиб бузиб-чуватиб ташлаган хотинга ўхшаб қолмангиз! Албатта, Аллоҳ бу (аҳдга вафо қилишга буюриш) билан сизларни имтиҳон қилур ва албатта, Қиёмат Кунида сизларга ихтилоф қилиб ўтган нарсаларингизни баён қилиб берур.

277-sahifa · 14-juz · 28-hizb277-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَكُونُوا۟boʻlmangбўлмангكَٱلَّتِىoʻsha (xotin)ga oʻxshabўша (хотин)га ўхшабنَقَضَتْsoʻkib yuborganсўкиб юборганغَزْلَهَاtoʻqigan ipiniтўқиган ипиниمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгقُوَّةٍkuchli boʻlgandanкучли бўлганданأَنكَـٰثًۭاboʻlak-boʻlak tolalargaбўлак-бўлак толаларгаتَتَّخِذُونَqilib olasizlarқилиб оласизларأَيْمَـٰنَكُمْqasamlaringizniқасамларингизниدَخَلًۢاaldov vositasiалдов воситасиبَيْنَكُمْorangizdaорангиздаأَنuchunучунتَكُونَboʻlganiбўлганиأُمَّةٌbir ummatбир умматهِىَuуأَرْبَىٰziyodroqзиёдроқمِنْ-dan-данأُمَّةٍ ۚboshqa ummatdanбошқа умматданإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатيَبْلُوكُمُsizni sinamoqdaсизни синамоқдаٱللَّهُAllohАллоҳبِهِۦ ۚbu bilanбу биланوَلَيُبَيِّنَنَّva albatta bayon qilib beradirва албатта баён қилиб берадирلَكُمْsizgaсизгаيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматمَاnima haqidaнима ҳақидаكُنتُمْsiz edingizсиз эдингизفِيهِundaундаتَخْتَلِفُونَixtilof qilarихтилоф қилар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada avval ahdlashib, soʻngra ahdini buzgan odamlar ip bilan bir narsani mustahkam toʻqib boʻlib, keyin soʻkibtarqatib yuborgan esi past xotinga oʻxshatilmoqda. Deylik, bir xotin kuch-quvvat, vaqt va hunar sarflab bir narsani toʻqiydi. Oddiy ipdan oʻziga ham, boshqaga ham foyda keltiradigan narsani chiroyli qilib bitiradi. Ammo undan oʻzi ham, oʻzgalar ham foyda olmasdan turib, darhol soʻkib-tarqatib yuboradi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga bayʼat qilib, soʻngra uni buzgan yoki ahdnoma tuzib, unga amal qilmagan, qasam ichib turib, qasamidan tongan odamlar ham xuddi oʻsha aqli past xotinga oʻxshaydilar. Ular yaxshi niyat bilan bayʼat qiladilar, ahdnoma tuzib, uni taʼkidlash, quvvatli qilish maqsadida Allohning nomi ila qasam ham ichadilar. Shu bilan oʻzlariga ham, boshqalarga ham foydali, savobli ulugʻ ishga qoʻl uradilar. Ammo, bir oz oʻtmasdan, ahdlarini buzadilar. Ularning foydali ishi parokanda boʻlib, ahd tuzilishidan oldingi holga qaytadi. Ahdni buzuvchi odamning bu ishi xuddi oʻzi toʻqigan narsani oʻzi tarqatib yuborgan tentak ayolning ishiga oʻxshaydi.

Ahdni buzish, asosan, oʻz manfaatlarini koʻzlab, koʻproq kuchli tomonga yaltoqlanish maqsadida boʻlgani uchun, oyatda:

«Toʻqigani kuchli boʻlgandan soʻng uni soʻkib yuborgan xotinga oʻxshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq boʻlgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang», deyilmoqda.

Ahdiga bevafo, subutsiz shaxslar bir narsaga qasam ichib qoʻyib, keyin qasamxoʻr boʻlib ketaveradi. Qasamini odamlarni aldash vositasi qilib oladi. Aslida, u odam subutsiz boʻlgani uchun hech kim uning gapiga ishonmay qoʻygan boʻladi. U aldoviga odamlarni ishontirish maqsadida qasam ichadi. Ammo qasamxoʻr, soʻzini ahdu paymon, quvvatlangan muqaddas vaʼda emas, balki kishilarni aldash vositasi, deb biladi. Bugun birov bilan bir narsani ahdlashgan boʻlsa, ertasiga kuchliroq boshqasini koʻrib qolsa, kechagi ahdini buzib, kuchli bilan ahdnoma tuzaveradi. Oʻsha vaqtda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bayʼat qilgan baʼzi kishilar musulmonlar oz, kofirlar koʻp va kuchli boʻlgani uchun ham bayʼatlarini buzgan ekanlar. Alloh taolo shunday subutsizlikdan qaytarmoqda. Ahdu paymon masalasida eʼtiqodga qaralmaydi. Yaʼni, turli eʼtiqoddagi odamlarga ham vafo qilinishi lozim.

Kelasi jumlada bunday holat sinov uchun boʻlishi aytilmoqda:

«Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamoqda, xolos».

Yaʼni, Alloh kim ahdida turishi-tura olmasligini sinash uchun bir ummatni boshqasidan kuch-quvvat va sonu molda ziyoda qilib qoʻydi.

«Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur.»

Alloh taolo kimning vaʼdasiga vafoli, qasamiga sodiq, ahdida mustahkamligini ham, kimning bevafo, qasamxoʻr, aldoqchi ekanini ham, shuningdek, yana boshqa turli ixtilofli masalalarning hammasini birma-bir aytib beradi.