وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَلَـٰكِن يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَلَتُسْـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh xohlasa, sizlarni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadi va xohlagan kimsani hidoyat qiladir. Va, albatta, qilib yurgan amallaringizdan so`ralursiz.Агар Аллоҳ хоҳласа, сизларни бир уммат қилар эди. Лекин хоҳлаган кимсани залолатга кетказади ва хоҳлаган кимсани ҳидоят қиладир. Ва, албатта, қилиб юрган амалларингиздан сўралурсиз.Alauddin Mansour: Agar Alloh xohlaganida, albatta, sizlarni bir ummat qilgan boʻlur edi. Lekin U zot Oʻzi xohlagan kimsalarni yoʻldan ozdirur, Oʻzi xohlagan kishilarni (Toʻgʻri Yoʻlga) hidoyat qilur. Va albatta, qilib oʻtgan amallaringizga masʼul boʻlursizlar.Агар Аллоҳ хоҳлаганида, албатта, сизларни бир уммат қилган бўлур эди. Лекин У зот Ўзи хоҳлаган кимсаларни йўлдан оздирур, Ўзи хоҳлаган кишиларни (Тўғри Йўлга) ҳидоят қилур. Ва албатта, қилиб ўтган амалларингизга масъул бўлурсизлар.
Agar Alloh xohlaganida, hamma odamlarni bir xil isteʼdodga ega qilib yaratar edi. Dunyoda hamma bir xil boʻlib yurar edi.
«Agar Alloh xohlasa, sizlarni bir ummat qilar edi.»
Lekin Alloh buni xohlamadi. Odamlarni turli saviyada, turli isteʼdodga ega qilib yaratdi. Har birining oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga, hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatib ham qoʻydi.
«Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadi va xohlagan kimsani hidoyat qiladir.»
Kishilarni hidoyatga boshlab, zalolatdan qaytaradigan taʼlimotlarni tushirib, Paygʻambarlarni yubordi. Shuningdek, Alloh taolo bandalarni majburlamaslikni ham iroda etdi. Bandalardan kim zalolatni ixtiyor qilsa, uni zalolatga ketkazadi, kim hidoyatni ixtiyor etsa, uni hidoyatga yetkazadi.
«Va, albatta, qilib yurgan amallaringizdan soʻralursizlar.»
Keyingi oyatda yana qasamni aldov vositasi qilib olmaslik, ahdni buzmaslik lozimligi boshqacha uslubda qaytadan tayinlanadi.