QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят94

وَلَا تَتَّخِذُوٓا۟ أَيْمَـٰنَكُمْ دَخَلًۢا بَيْنَكُمْ فَتَزِلَّ قَدَمٌۢ بَعْدَ ثُبُوتِهَا وَتَذُوقُوا۟ ٱلسُّوٓءَ بِمَا صَدَدتُّمْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَلَكُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmang. Bas, qadam sobit bo`lganidan so`ng toymasin va Allohning yo`lidan to`sganingiz uchun yomonlikni tatib yurmang. Sizga ulkan azob bo`lmasin.Қасамларингизни орангизда алдов воситаси қилиб олманг. Бас, қадам собит бўлганидан сўнг тоймасин ва Аллоҳнинг йўлидан тўсганингиз учун ёмонликни татиб юрманг. Сизга улкан азоб бўлмасин.Alauddin Mansour: Qasamlaringizni aldov vositasi qilib olmangiz! U holda (Islom yoʻlida) mahkam oʻrnashgan oyoq toyib ketur va Alloh yoʻlidan toʻsganlaringiz sababli (chunki, sizlarning qasamxoʻrlik qilganingizni koʻrib, ayrim kishilar Islomga intilish oʻrniga undan yiroqlashib keturlar va bunga sizlarning qilmishingaz sabab boʻlur) yomonlik (balo va musibatlar)ni totib qolursizlar hamda (Oxiratda) sizlar uchun ulugʻ azob boʻlur.Қасамларингизни алдов воситаси қилиб олмангиз! У ҳолда (Ислом йўлида) маҳкам ўрнашган оёқ тойиб кетур ва Аллоҳ йўлидан тўсганларингиз сабабли (чунки, сизларнинг қасамхўрлик қилганингизни кўриб, айрим кишилар Исломга интилиш ўрнига ундан йироқлашиб кетурлар ва бунга сизларнинг қилмишингаз сабаб бўлур) ёмонлик (бало ва мусибатлар)ни тотиб қолурсизлар ҳамда (Охиратда) сизлар учун улуғ азоб бўлур.

278-sahifa · 14-juz · 28-hizb278-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَتَّخِذُوٓا۟qilib olmangқилиб олмангأَيْمَـٰنَكُمْqasamlaringizniқасамларингизниدَخَلًۢاaldov vositasiалдов воситасиبَيْنَكُمْorangizdaорангиздаفَتَزِلَّbas, toymasinбас, тоймасинقَدَمٌۢqadamқадамبَعْدَsoʻngсўнгثُبُوتِهَاsobit boʻlganidanсобит бўлганиданوَتَذُوقُوا۟va tatib yurmangва татиб юрмангٱلسُّوٓءَyomonlikniёмонликниبِمَاuchunучунصَدَدتُّمْtoʻsganingizтўсганингизعَن-dan-данسَبِيلِyoʻlidanйўлиданٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингوَلَكُمْva sizga boʻlmasinва сизга бўлмасинعَذَابٌazobазобعَظِيمٌۭulkanулкан
TafsirТафсир

Odamlarni aldash uchun qasam ichish naqadar katta gunoh ekanligi ushbu oyatda yaqqol koʻrinib turibdi. Bu ish hayoti dunyoning baʼzi manfaatlariga erishish yoʻlida kishilar qalbiga yolgʻon xotirjamlik solishdan iboratdir. Qasamxoʻr faqat oʻzining besh kunlik dunyodagi ozgina manfaatini oʻylaydi. Ammo qilmishi tufayli ruhiy va ijtimoiy hayotni sarosimaga soladi. Aqiyda, aloqa va oʻzaro munosabatlarni larzaga keltiradi.

«Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmang.»

Odamlar ishonchini qozonish, ularni xotirjam qilib qoʻyib, maqsadiga erishishni koʻzlash, ularga oʻzini yaxshi koʻrsatish niyatida aldov uchun qasam ichish zarracha iymoni bor odam uchun juda ham ogʻir gunohdir. Bu ish juda xatarli boʻlib, yomon oqibatlarga olib keladi.

«Bas, qadam sobit boʻlganidan soʻng toymasin.»

Qadami sobitlik mustahkam aqiyda ila boʻladi. Odamlarni aldash uchun qasam ichgan odamning qadami toygan–aqiydasi buzilgan hisoblanadi. Chunki, aqiydasi sobit odam bila turib yolgʻon qasam ichmaydi. Qasamxoʻr boʻlishning oʻzi aqiydasiga futur yetgani va qadami toyganining alomatidir.

«...va Allohning yoʻlidan toʻsganingiz uchun yomonlikni tatib yurmang.»

Qasamxoʻr qilmishi va boshqa zararli ishlari bilan Islom diniga ham zarar yetkazadi. Musulmonlar shunday boʻlar ekan, deb Islom toʻgʻrisida boshqalar nazarida notoʻgʻri tasavvur paydo qiladi. Natijada, odamlarning koʻngli Islomdan soviydi. Bu esa, odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsishdir. Bu katta jinoyatga oʻziga yarasha jazo beriladi. Yomonlik tottiriladi. Oxiratda esa:

«Sizga ulkan azob boʻlmasin».

Demak, qasamxoʻrning asosiy jazosi oxiratga qoladi. Bu dunyoda qasamxoʻrga guvohligini qabul qilmaslik, ishonchsizlik bildirish, baʼzi taʼzir choralari koʻrish kabi jazolar beriladi. Ammo, koʻpincha ular jazosiz qolishlari yoki qilmishlariga yarasha jazolanmasliklari mumkin. Shuning uchun ham, unga oxiratda ulkan azob boʻlishi tayin qilingan.