وَلَا تَشْتَرُوا۟ بِعَهْدِ ٱللَّهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۚ إِنَّمَا عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning ahdini oz bahoga sotib yubormang. Agar bilsangiz, siz uchun, albatta, Allohning huzuridagi narsa yaxshiroqdir.Аллоҳнинг аҳдини оз баҳога сотиб юборманг. Агар билсангиз, сиз учун, албатта, Аллоҳнинг ҳузуридаги нарса яхшироқдир.Alauddin Mansour: Allohga berilgan ahd-paymonni ozgina qiymatga almashtirib yubormangiz! Agar bilsangizlar, albatta, Alloh dargohidagi narsa (yaʼni, ajr-savob) sizlar uchun (dunyo matolaridan) yaxshiroqdir.Аллоҳга берилган аҳд-паймонни озгина қийматга алмаштириб юбормангиз! Агар билсангизлар, албатта, Аллоҳ даргоҳидаги нарса (яъни, ажр-савоб) сизлар учун (дунё матоларидан) яхшироқдир.
Bu oyati karimada musulmon odam tomonidan berilgan ahd «Allohning ahdi» deb atalmoqda.
Allohning ahdi darajasiga koʻtarilgan ahdni buzish «uni oz bahoga sotish» deb nomlanmoqda.
Bu dunyoning arzimagan matohini deb Allohning ahdini buzish katta zarar keltirishini taʼkidlab, Allohning huzuridagi savobdan mahrum boʻlib qolishdan qoʻrqitilmoqda:
«Agar bilsangiz, siz uchun, albatta, Allohning huzuridagi narsa yaxshiroqdir».
Ahdingizga vafo qilishingiz uchun Allohdan oladigan ajru savobingiz, bu dunyoning har qanday matohidan afzaldir.
Ushbu oyati karima qasam haqidagi oyatdan keyin bevosita kelganini, qasam taʼkidlangan ahd ekanini eʼtiborga oladigan boʻlsak, qasamxoʻr ham Allohning ahdini arzon bahoga sotganlarning eng kattalaridan boʻladi.
Ey, besh kunlik aldamchi dunyoning arzimas matohi uchun ahdini buzib, qasamxoʻr boʻlib yurganlar, bilib qoʻyinglar!