QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят96

مَا عِندَكُمْ يَنفَدُ ۖ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ بَاقٍ ۗ وَلَنَجْزِيَنَّ ٱلَّذِينَ صَبَرُوٓا۟ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizning huzuringizdagi narsa tugaydir. Allohning huzuridagi narsa esa, boqiydir. Albatta, Biz sabr etganlarni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.Сизнинг ҳузурингиздаги нарса тугайдир. Аллоҳнинг ҳузуридаги нарса эса, боқийдир. Албатта, Биз сабр этганларни қилиб юрган амалларининг энг гўзалига бериладиган ажр ила мукофотлармиз.Alauddin Mansour: Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yoʻq boʻlur. Alloh dargohidagi narsalar esa boqiydir. Biz, albatta, sabr-qanoat etgan zotlarni oʻzlari qilib oʻtgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz.Сизларнинг ҳузурларингиздаги нарсалар йўқ бўлур. Аллоҳ даргоҳидаги нарсалар эса боқийдир. Биз, албатта, сабр-қаноат этган зотларни ўзлари қилиб ўтган амалларидан чиройлироқ ажр-савоблар билан мукофотлаймиз.

278-sahifa · 14-juz · 28-hizb278-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاnarsaнарсаعِندَكُمْsizning huzuringizdagiсизнинг ҳузурингиздагиيَنفَدُ ۖtugaydirтугайдирوَمَاva narsaва нарсаعِندَhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِAllohningАллоҳнингبَاقٍۢ ۗboqiydirбоқийдирوَلَنَجْزِيَنَّva albatta mukofotlarmizва албатта мукофотлармизٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниصَبَرُوٓا۟sabr etganсабр этганأَجْرَهُمajrlari ilaажрлари илаبِأَحْسَنِeng goʻzaliga yarashaэнг гўзалига ярашаمَاnarsaningнарсанингكَانُوا۟ular edilarулар эдиларيَعْمَلُونَqilib yurgan amallariқилиб юрган амаллари
TafsirТафсир

Bu dunyoning matohi, mansabi, molu mulki yoki siz qiziqib unga erishish uchun ahdingizni buzib, qasamxoʻr boʻlayotgan narsalarning hammasi bebaqo narsalardir. Ular qancha koʻp boʻlmasin, tezda tugaydi. Ha:

«Sizning huzuringizdagi narsa tugaydir».

Agarki dunyodagi hamma narsa bir kishiga mulk qilib berilsa ham, tugaydi.

«Allohning huzuridagi narsa esa, boqiydir.»

U hech qachon tugamaydi ham, kamaymaydi ham.

«Albatta, Biz sabr etganlarni qilib yurgan amallarining eng goʻzaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.»

Yaʼni, ahdiga vafo qilib qasamiga rioya etish yoʻlidagi mashaqqatlarga chidab, sabr qilgan odamlarni eng yaxshi ajrlar bilan mukofotlaymiz. Eng yaxshi amaliga tegishli ajru savobimizni umumlashtirib, hamma ishlariga beramiz.