QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят97

مَنْ عَمِلَ صَـٰلِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُۥ حَيَوٰةً طَيِّبَةً ۖ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Erkagu ayol, kim mo`min holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va, albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.Эркагу аёл, ким мўмин ҳолида яхши амал қилса, Биз унга яхши ҳаёт кечиртирамиз ва, албатта, уларни қилиб юрган амалларининг энг гўзалига бериладиган ажр ила мукофотлармиз.Alauddin Mansour: Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim moʻmin boʻlgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni oʻzlari qilib oʻtgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz.Эркакми ё аёлми — кимда-ким мўмин бўлган ҳолида бирон яхши амал қилса, бас, Биз унга покиза ҳаёт ато этурмиз ва уларни ўзлари қилиб ўтган амалларидан чиройлироқ ажр-савоблар билан мукофотлаймиз.

278-sahifa · 14-juz · 28-hizb278-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَنْkimкимعَمِلَqilsaқилсаصَـٰلِحًۭاyaxshi amalяхши амалمِّن-dan-данذَكَرٍerkaguэркагуأَوْyokiёкиأُنثَىٰayolаёлوَهُوَva u holdaва у ҳолдаمُؤْمِنٌۭmoʻminмўминفَلَنُحْيِيَنَّهُۥbas, albatta uni yashatamizбас, албатта уни яшатамизحَيَوٰةًۭhayotҳаётطَيِّبَةًۭ ۖyaxshiяхшиوَلَنَجْزِيَنَّهُمْva albatta ularni mukofotlarmizва албатта уларни мукофотлармизأَجْرَهُمajrlari ilaажрлари илаبِأَحْسَنِeng goʻzaliga yarashaэнг гўзалига ярашаمَاnarsaningнарсанингكَانُوا۟ular edilarулар эдиларيَعْمَلُونَqilib yurgan amallariқилиб юрган амаллари
TafsirТафсир

Islomda insonning jinsiga qarab mukofotlanmaydi. Nasabiga, mansabi yoki terisining rangiga qarab ham mukofotlanmaydi. Balki, mukofotlashning birdan-bir oʻlchovi–iymon va yaxshi amaldir.

«Erkagu ayol, kim moʻmin holida yaxshi amal qilsa...»

Bir xil ishni erkak kishi qilsa, alohida mukofot, xuddi oʻsha ishni ayol kishi qilsa, unga erkakning mukofotidan ozroq mukofot berish Islomda yoʻq. Allohning huzurida bandalar hammasi barobardir.

Moʻmin odam yaxshi amalni, Islomni yaxshi tushunmaydigan baʼzi kishilar oʻylaganidek, faqat oxirat uchun qilmaydi. Balki, iymonli kishining yaxshi amali oʻz foydasini dastlab bu dunyoda koʻrsatadi.

«...kim moʻmin holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz...»

Zotan, iymon taqozosi ila qilinadigan yaxshi amallarning barchasi bu dunyoda yaxshi hayot kechirishni taʼminlovchi vositadir. Albatta, moʻmin kishining yaxshi amalining haqiqiy mukofoti oxiratda boʻladi. Oxiratda:

«...albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng goʻzaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz».

Imom Ahmad ibn Hanbal Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh moʻminga zulm qilmaydi. Unga har bir yaxshi ishi uchun bu dunyoda bir narsa ato etiladi. Oxiratda esa, savob beriladi. Kofir ham yaxshiliklariga yarasha taomlanadi. Oxiratga borganda esa, yaxshilikka savob boʻladigan narsasi qolmaydi», deganlar.

Keyingi oyatlarda Qurʼoni Karim, uni tilovat qilish odoblari va mushriklarning u haqdagi gap-soʻzlari zikr etiladi: